O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#153422
  1   2   3   4   5   6   7   8
Budjet tashkilotlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Budjet hisobi va g`aznachilik ishi” kafedrasi
Budjet tashkilotlarida ichki audit” fanidan
KURS ISHI


Mavzu: Budjet tashkilotlarida xodimlarga haq to’lash va mehnat haqi bilan bog’liq hisob kitoblarning ichki auditi



Bajardi : ____________________
Tekshirdi : ___________________
Toshkent-2023
MUNDARIJA:


KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ish haqi axolining asosiy daromad manbalaridan biri bo'lib qolayotgan hozirgi sharoitda mehnatga haq to'lashni huquqiy tatibga solishni takomillashtirish, uning mehnat unumdorligi, mahsulot sifatini, xodim moddiy ahvolini yaxshilashdagi ahamiyatini oshira borish muhim ahamiyatga ega. Ish haqi xodim mehnatiga haq to'lash shaklidir.
Iqtisodiy toifa sifatida ish haqi milliy daromadning xodimlarga berilishi kerak bo'lgan, qayd etilgan qismidan iborat. Ishlab chiqarish korxonalarida 
olingan sof daromad, davlat muassasalarida esa davlat byudjeti hisobidan 
ajratilgan mablag'lar ish haqining manbai hisoblanadi.
Huquqiy nuqtai nazardan ish haqi mehnat shartnomasi tomonlarning 
o'zaro huquqlari va majburiyatlarini ifodalaydi. Ish haqi xodim bajargan 
ishning miqdori va sifatiga, ishning yakuniy natijasiga ko'ra belgilanadi va 
uning eng ko'p miqdori cheklanmagan. Xodimlar va ulaming oila a'zolari 
huquqlarini himoya qilish maqsadida ish haqining eng kam miqdori 
belgilab qo'yiladi va bu miqdor narx-navoning oshib borishiga mutanosib 
ravishda indeksasiyalanib, oshirib boriladi.
Bozor munosabatlariga o'tish davrida ish haqi yollanma mehnatkashlarga hech bir kamsitishlarsiz, belgilangan eng kam oylik ish haqidan 
kam bo'lmagan miqdorda to'lanadigan haqdan iborat.
Ish haqi mehnat mahsulini xodim va ish beruvchi o'rtasida taqsim- 
lashni ta'minlovchi huquqiy mexanizm sifatida sarflagan mehnat miqdo- 
rini hisobga olish, ko'p mehnat sarflangan xodimga ko'proq haq to'lash 
yo'li bilan uni yanada mahsulroq ishlashga undashga qaratilgan maqsadni 
bajaradi, ikkinchidan, malakasi va maxsus bilimi yuqori xodimning 
mehnatiga malakasiz yoki malakasi past xodimning mehnatiga nisbatan 
ular bir xil vaqt sarflangan bo'lsalarda yuqori miqdorda haq to'lashni 
nazarda tutish orqali mehnatning nafaqat miqdori, balki sifati ham muhim 
ahamiyatga ega ekanligini qayd etadi.
Mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.1

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə