Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

Ipoteka qimmatli qogʻozlari 
– bu, ipoteka amaliyotini moliyalashtirish 
maqsadida muomalaga chiqariladigan va uzoq muddatli ipoteka bilan taʼminlangan 
qimmatli qogʻozlardir. Bunda ipoteka qimmatli qogʻozlari orqali jalb qilingan 
mablagʻlar qayta moliyalashtirish natijasida ipoteka kreditlari taqdim etiladi. 
Ipoteka qimmatli qogʻozlari turlari va ularning tavsifini quyidagi jadvalda 
keltiramiz (6.1-jadval). 
6.1-jadval
Ipoteka qimmatli qogʻozlari tasnifi va tavsifi
29
Ipoteka qimmatli 
qogʻozlari 
turlari 
Oʻziga xos xususiyatlari 
1. 
Garov qogʻozi 
(varaqasi,xati) 
Egasi yozilgan va orderli qimmatli qogʻozlar belgilarini 
oʻzida jamlagan, uzatuv yozuvlari orqali cheksiz 
muomalada boʻlish xususiyatiga egaligi unga vekselning 
ayrim hossalarini beradigan emissiyalanmaydigan qimmatli 
qogʻozdir 
2. 
Uy-joysertifikati 
Uy-joy sertifikati uning birinchi egasi tomonidan muayyan 
uy-joy maydoni va joyda qurilayotgan yoki qayta 
qurilayotgan uyda qurish uchun mablagʻ ajratilganligini
tasdiqlovchi emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir 
3. 
Ipotekaobligatsiyalari 
Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti bilan 
taʼminlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozdir 
4. 
Ishtirok etish ipoteka 
sertifikati 
Ipoteka taʼminoti umumiy mulkida oʻz egasining ulush 
huquqini tasdiqlovchi egasi yozilgan emissiyalanmaydigan 
qimmatli qogʻozdir 
Ipoteka qimmatli qogʻozlari ichida eng keng qoʻllaniladigan qimmatli 
qogʻoz turi bu ipoteka obligatsiyalaridir. Ipoteka obligatsiyalari muomalasi 
ipoteka kreditlari sekyuritizatsiyasi yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Bunday 
amaliyot bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagilarga imkon beradi: 
-
aholi va tashkilotlarning boʻsh pul mablagʻlarini moliya bozoriga jalb 
qilish va daromadlilikni taʼminlash; 
-
uy-joy bozorini rivojlantirish asosida aholining uy-joyga talabini 
samarali qanoatlantirish; 
-
fond bozorida savdo qilinadigan moliyaviy instrumentlar turlarini 
koʻpaytirish va hokozolar. 
Ipoteka obligatsiyalari muomalasi boʻyicha shartlar ipoteka kreditlari 
shartlari bilan oʻzaro muvofiqlikda belgilanishini ham shu oʻrinda qayd etib 
oʻtish lozim.
28
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 336 
29
Саттаров Б.К. Ўзбекистонда ипотека қимматли қоғозлари бозорини шакллантириш йўллари. И.ф.н. илмий 
даражасини олиш тақдим этилган дисс.автореферати. Тошкент – 2012. – Б. 8. 


81 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə