Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


-rasm. Dunyo boʻyicha markaziy banklar zaxiralari shakllantirilgan



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

 
7.1-rasm.
Dunyo boʻyicha markaziy banklar zaxiralari shakllantirilgan 
valyutalar boʻyicha maʼlumot
31
 
 
7
.
1-rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki ushbu valyutalar orasida eng 
keng tarqalgan valyuta AQSH dollari boʻlib, 60% davlatlarning markaziy 
banklaridagi valyuta zaxirasi ushbu valyutada shakllantiriladi, undan keyingi 
oʻrinda yevro boʻlib, yevroda shakllantirilgan valyuta zaxiralari 24%ni tashkil 
etadi. Uchinchi va toʻrtichi oʻrinlarda Yapon iyeni hamda Buyuk Britaniya funt 
sterlingi boʻlib, ushbu valyutada shakllantirilgan zaxiralar mos ravishda 5,4% va 
5,6%ni tashkil qiladi. Boshqa valyutalarda shakllantirilgan zaxiralar ulushi 5%ga 
toʻgʻri keladi. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, foreksdagi asosiy operatsiyalarda 
AQSH dollari ishtirok etadi. Aniqroq aytadigan boʻlsak foreksdagi taxminan 85 
foiz bitimda AQSH dollari ishtirok etadi, undan keyingi oʻrinda yevro boʻlib, u 
qariyb 39 foizni tashkil etadi. Uchinchi oʻrinda Yapon iyeni boʻlib, uning hisobiga 
toʻgʻri keladigan ulush 19 foizni tashkil etadi.
Xorijiy valyuta bozorida amalga oshirilgan tranzaksiyalar valyutalarning 
ayriboshlar kursini belgilab beradi. Xorijiy valyuta bozorida ikki xil ayriboshlash 
kurslari tranzaksiyalari mavjud. Predominant tranzaksiyalar, 
spot tranzaksiyalari
deb ham yuritiladi, bunga koʻra tranzaksiyalar tezda yaʼni ikki kunda amalga 
oshiriladi. Ikkinchisi esa 
Forvard tranzaksiya
larboʻlib, bu yerda ayriboshlash 
kelajakdagi belgilangan muddatda amalga oshiriladi. 
Spot ayriboshlash kursi
spot tranzaksiyalari uchun belgilangan kurs, 
forvard ayriboshlash kursi
forvard 
tranzaksiyalari uchun ayriboshlash kursi hisoblanadi. Maʼlum bir sabablarga koʻra 
valyutaning qadri oshishi yoki tushishi mumkin. Misol uchun: 1999 yilning 
boshida bir yevro $1.18ga teng boʻlgan va 2010-yilning 23-iyuniga kelib esa bir 
31
https://www.bbva.com/en/foreign-currency-market-work/
АҚШ доллари; 
60% 
Буюк 
Британия фунт 
стерлинги; 
5,6% 
Япон 
иени; 5,4% 
Евро; 24% 
Бошқа 
валюталар; 5% 


89 
yevro $1.23 teng deb deb baholangan. Bu shuni anglatadiki yevroning qadri AQSH 
dollariga nisbatan 4% ga oshgan: (1.23-1.18)/1.18=0.04=4%.
Ayriboshlash kurslarining muhim jihati shundaki ular mahalliy hamda 
xorijiy mahsulotlar bahosiga taʼsir qiladi. Misol uchun Fransiyada ishlab 
chiqarilgan mahsulotning AQSH dollaridagi bahosi ikkita omil taʼsirida 
belgilanadi: ushbu fransuz mahsulotining yevrodagi bahosi hamda yevro va dollar 
oʻrtasidagi ayriboshlash kursi
32

Tasavvur qilamiz: Amerikalik firma Fransuz mahsulotini sotib olishni 
rejalashtirmoqda. Agarda ushbu mahsulotning bahosi 1000 yevro hamda yevro va 
dollar oʻrtasidagi ayriboshlash kursi €1=$1.18 ga teng. Amerikalik firma ushbu 
mahsulotni sotib olishni 2 oyga kechiktirdi. Bu orada esa yevroning qadri 
dollarnikiga qaraganda oshdi va ular orasidagi ayriboshlash kursi quyidagi holatga 
keldi: €1=$1.4. Agarda mahsulotning mahalliy narxi 1000 yevroligicha saqlanib 
qolgan boʻlsa, uning dollardagi narxi 1 180 dollardan 1 400 dollarga oshadi. 
Barcha bozorlarda sotish va sotib olish narxlari orasida farq boʻlgani kabi foreksda 
ham sotish va sotib olish narxlari orasida farq mavjud hamda ushbu narxlar va ular 
orasidagi farq quyidagicha nomlanadi: 
Sotib olish narxi - ask price 
Sotish narxi- bid price 
Ular orasidagi farq- spread 
Ular quyidagi koʻrinishda boʻladi (7.1-jadval) 
7.1-jadval 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə