Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Foreksda daromad olish bosqichlari



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

Foreksda daromad olish bosqichlari
34
Treyderning amalga oshirgan operatsiyalari 
Yevro 
AQSH 
dollari 
1EUR/1.1800USD kursida 10 000 yevro xarid qildi +10 000 
-11 800 
Ushbu valyutalar orasidagi ayriboshlash kursi 
1EUR/1.2500USD boʻlganda hisobidagi mablagʻni 
qayta AQSH dollariga ayriboshladi 
-10 000 
+12 500 
Foyda miqdori 

+700 
Bir qarashda foreksda daromad koʻrishdan osonroq ishning oʻzi yoʻqdek 
tuyulsada, buning uchun yetarlicha tahlil qila olish qobiliyatiga ega boʻlish talab 
etiladi. Foreksda treyder oʻzi uchun valyutalar juftligini tanlab olishi zarur. Misol 
uchun, yevro va AQSH dollari, shunda ularning valyuta juftligining foreksdagi 
koʻrinishi EUR/USD boʻladi. Foreksda daromad olish uchun ushbu valyutalardan 
birini arzonga sotib olish va yuqoriroq kursda sotish yoki yuqoriroq kursda sotib, 
keyin arzon kursda sotib olish talab etiladi. Agarda treyder narxning harakatlanish 
yoʻnalishini toʻgʻri tahlil qilib aniqlay olsa, unda u daromad koʻradi, aks holda u 
oʻz mablagʻining bir qismini yoʻqotadi. Shu tarzda treyder nafaqat valyuta 
kursining oshishidan, balki pasayishidan ham daromad olishi mumkin. 
Haqiqiy savdo hisob-varagʻi ochilgandan soʻng savol tugʻiladi: “Foreksda 
valyuta kurslarining farqida spekulyatsiya harakatlarining barcha turlari toʻgʻrisida 
bilmasdan turib qanday qilib pul ishlash mumkin?”. Umuman va yaxlit holda 
Foreks bozorida savdo qilish mutlaqo oson. Agar treyder kotirovkalarning harakati 
yoʻnalishini oddiygina oldindan tahlil qilish orqali yoki taxmin qilish orqali 
aniqlay olsa, unda uning savdosi muvaffaqiyatli va daromadli boʻladi. Agar treyder 
yevroning qiymati pasayayotganini sezsa, u darhol EUR/USD valyuta juftligida 
dollarni sotib olishi lozim yaʼni treyder SELL pozitsiyasini ochadi (bunda u 
yevroni sotadi) va foyda oladi, agar uning taxmini oʻzini oqlamasa, mablagʻining 
bir qismini yoʻqotadi. Sezgiga qarab savdo qilish koʻpincha foyda keltirsa xam 
professional treyderlar faqatgina sezgiga tayangan holda operatsiyalarni amalga 
oshirishmaydi. Lekin uning yordamida Foreksda maʼlum darajada pul ishlab olishi 
mumkin! Professional treyderlar ishlash vaqtida turli xil vositalar toʻplamlaridan 
foydalanishadi: OAVlaridagi axborotdan tortib (fundamental tahlil asoslari) to juda 
koʻp miqdordagi indikatorlar, maslahatchilar va ekspertlargacha.
34
https://www.babypips.com/learn/forex/make-money-trading-forex


92 
Foreks dunyodagi eng yirik bozor boʻlishiga qaramadan uning bir qator 
afzallik va kamchiliklari mavjud. 
Foreks bozorining afzalliklari
orasida eng muhimlari xususida toʻxtalib 
oʻtamiz. 
- barqarorlik, chunki Foreks indeksining tushib ketishidan va bozordagi 
yagona tovar boʻlgan valyutaning oʻziga xosligi tufayli moliyaviy inqirozga 
uchrashdan himoyalangan; 
- tovarning likvidligi. Valyutani toʻla hajmda va kerakli qiymatda sotilishida 
muammolar yuzaga kelmaydi, chunki xalqaro Foreks bozorida xaridorlar juda 
koʻp;
- kunu tun foydalanish imkoninig mavjudligi. Istagan payt va internetga 
kirish mumkin boʻlgan istagan joyda bitim tuzish mumkin; 
- oʻzgaruvchanlik ancha past darajada. Valyuta narxlarining har kunlik 
oʻzgarishlari 1%dan oshmaydi; 
- birinchi badal uncha katta emas. Hatto bir dollar bilan ham Foreksda ish 
boshlash mumkin; 
- bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DЕMO hisob-varagʻini ochish 
mumkinligi. 
Foreks bozorining ayrim kamchiliklari:
- savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas. Yoʻqotishlarni treyderning 
oʻzidan boshqa hech kim nazorat qilmaydi;
- bitim hajmlarini notoʻgʻri tanlash tufayli mablagʻ yoʻqotish ehtimoli 
mavjud. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə