Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1. Quyidagi nazorat savollari boʻyicha qisqacha izoh yozing.
1.
Xalqaro valyutalar bozori vujudga kelishiga obyektiv zaruratni izohlang. 
2.
Oltin-valyuta zaxiralarida valyutalar ulushi. 
3.
Xalqaro valyutalar bozorida operatsiyalar tashkil etish. 
4.
FOREX savdo tizimining ishlash mexanizmi. 
5.
FOREX savdo tizimining afzalliklari. 
6.
FOREX savdo tizimining kamchiliklari. 
7.
FOREX savdo tizimida daromad olish bosqichlari. 
8.
Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilanishi. 
2. FOREX savdo tizimining afzalliklari va kamchiliklaridan kelib 
chiqqan holda T-sxema shakllantiring. 
Afzalliklari 
Kamchiliklari 
 
TЕSTLAR 


93 
1. Valyutalar hamda maʼlum bir valyutada shakllantirilgan bank depozitlari savdosi qanday 
bozorda amalga oshiriladi? 
A. xorijiy valyuta bozorida; 
B.dillerlar bozorida; 
C. qimmatli qogʻozlar bozorida; 
D. kapital bozorida. 
 
2. Foreks – bu…? 
A. xalqaro valyuta bozori; 
B.bank; 
C. birja; 
D. korporatsiya. 
 
3. Bugungi kunda foreksda taxminan qanday summadagi oʻrtacha kunlik tranzaksiyalar amalga 
oshiriladi?
A. 5 trillion AQSH dollari; 
B.4 trillion AQSH dollari; 
C. 3 trillion AQSH dollari; 
D. 2 trillion AQSH dollari; 
4. Foreksdagi asosiy operatsiyalarda qaysi valyuta ishtirok etadi? 
A. AQSH dollari 
B.Yevro; 
C. Yapon iyeni; 
D. Buyuk Britaniya funt sterlingi.
5. Xalqaro valyuta bozorida belgilanadigan ayriboshlash kurslari bilan banklar valyuta 
shahobchalardagi ayriboshlash kurslarining oʻrtasida qanday farq mavjud? 
A. banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursdan balandroq boʻladi; 
B.banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursdan pastroq boʻladi; 
C. banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursga teng boʻladi; 
D. banklarda belgilangan kurs talab va taklif omili asosida belgilanadi va uning valyuta 
bozoridagi kursga hech qanday aloqasi yuq. 
6. Foreks bozorining afzalliklari notoʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
A. oʻzgaruvchanlik juda yuqori darajada; 
B.kunu tun foydalanish imkoninig mavjudligi; 
C. tovarning likvidliligi; 
D. bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DЕMO hisob-varagʻini ochish mumkinligi. 
7. Valyutalar ayriboshlash kurslarining belgilanishi boʻyicha nazariyalar toʻgʻri keltirilgan 
javobni aniqlang.
A. yagona narx, xarid qila olish pariteti nazariyalari; 
B.turli narx, xarid qila olish pariteti nazariyalari; 
C. yagona narx, arbitraj baho shakllanish nazariyasi; 
D. portfel nazariyasi, xarid qila olish pariteti nazariyalari. 
7. Foreks bozorining ayrim kamchiliklari toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
A. savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas; 
B.bitim hajmlarini notoʻgʻri tanlash tufayli mablagʻ yoʻqotish ehtimoli mavjud emas; 
C. har bir tranzaksiya ochiq tarzda amalga oshirilishi; 
D. valyuta narxlarining har kunlik oʻzgarishlari 1%dan oshmasligi.


94 
8. Agar treyder yevroning qiymati pasayayotganini sezsa, bunday holatda u qanday yoʻl tutishi 
lozim?
A. EUR/USD valyuta juftligida dollarni sotib olishi lozim; 
B.USD/EUR valyuta juftligida yevroni sotib olishi lozim; 
C. USD/EUR valyuta juftligida yevroni sotishi lozim; 
D. bozordagi holat oʻzgarishini kutishi lozim. 
9. Bir davlatda narxlarning ikkinchi mamlakatdagi narxlarga nisbatan oshishi uning 
valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga nisbatan devalvatsiya yaʼni, qadrining pasayishiga 
(ikkinchi mamlakat valyutasining birinchisining valyutasiga nisbatan qadrining oshishiga ) olib 
keladi. Ushbu talqin valyutalar ayriboshlash kurslarining belgilanishi boʻyicha nazariyalarning 
qay biriga asoslanadi.
A. xarid qila olish pariteti nazariyasi; 
B.yagona narx nazariyasi; 
C. arbitraj baho shakllanish nazariyasi; 
D. portfel nazariyasi. 
10. Valyuta tranzaksiyalarning tezda yaʼni ikki kunda amalga oshiriluvchi turi nima deb ataladi?
A. spot tranzaksiyalari; 
B.forvard tranzaksiyalari;
C. onlayn tranzaksiyalar; 
D. offlayn tranzaksiyalar. 


95 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə