Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Xalqaro obligatsiyalar va ular muomalasini tashkil etish



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

8.2. Xalqaro obligatsiyalar va ular muomalasini tashkil etish
Bugungi kunga kelib davlatlar tomonidan suveren obligatsiyalarni, yirik 
korporativ tuzilmalar tomonidan korporativ obligatsiyalarni xorijiy valyutada 
xorijiy davlatlarda joylashtirish amaliyotining muntazam ravishda amalga oshirilib 
kelinayotganligi xalqaro obligatsiyalar bozori rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu 
oʻz navbatida emitentlarning xalqaro moliya bozoridan katta miqdorda kapital jalb 
qilish orqali zarur sohalarni rivojlantirishga imkon bermoqda.
37
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 20. 


97 
“Xalqaro obligatsiyalar bozorida xorijiy obligatsiyalar anʼanaviy 
instrumentlar hisoblanadi. Xorijiy obligatsiyalar xorijiy davlat tomonidan unga 
nisbatan xorijiy boʻlgan valyutada sotilgan obligatsiyalardir”
38
. Bunday 
obligatsiyalar yevroobligatsiyalar tushunchasi bilan ham qoʻllaniladi va bunga 
sabab birinchi maxsus xalqaro obligatsiyalar AQSH kompaniyalari tomonidan 
Yevropa fond birjalarida sotish uchun chiqarilganligi bilan izohlanadi. 
Yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarish maʼlum bir tayyorgarlik ishlarini 
va xarajatlarni talab qiladi. Lekin boshqa tomondan nisbatan past foizlarda uzoq 
muddatli yuqori miqdordagi moliyaviy resurslar jalb qilish imkonini beradi. 
Odatda yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga chiqariladi, eng keng tarqalgan 
muddat sifatida 5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur kompaniyalar 
tomonidan muomalaga chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30 yilgacha 
boʻlgan muddat boʻyicha amal qiladi. 
Yuqorida qayd etib oʻtganimizdek, yevroobligatsiyalar bozoriga chiqish aniq 
dastur asosida tayyorgarlik koʻrish va emissiya qilish, chet eldan moliyaviy 
konsultantlar va anderrayterlar jalb qilish, xalqaro investorlar uchun taqdimotlar 
oʻtkazish, huquqiy xizmat uchun toʻlovlar va boshqalar bilan bevosita bogʻliq 
boʻlgan yuqori miqdordagi xarajatlarni talab qiladi. Yevroobligatsiyalarni 
muomalaga chiqarish bilan shugʻullanuvchi dunyoga mashhur tashkilotchilar 
sifatida Deutche Bank, ABN Amro, CSFB, UBS, DrKW, Citigroup, J.P.Morgan 
kabilarni keltirish mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlar hukumati tomonidan yevroobligatsiyalar bozorini 
tartibga solishning biror bir mezoni oʻrnatilmaganligiga qaramasdan emitentlar 
odatda Xalqaro obligatsiyalar birlamchi bozori ishtirokchilari assosiatsiyasi 
Xalqaro qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari assotsiatsiyasi standartlari va 
talablari asosida boshqarib boriladi. Mazkur qimmatli qogʻozlarning asosiy savdo 
markazi 
tarixan 
London 
hisoblanadi. 
Shundan 
kelib 
chiqqan 
holda 
yevroobligatsiyalar muomalasi Angliya moliya xizmatlari agentligi tomonidan ham 
tartibga solinadi va bu agentlik tegishli hujjatlarni tayyorlash boʻyicha talablar 
bajarilishining qatʼiy nazoratini amalga oshiradi. Bunda xalqaro standartlar 
boʻyicha tuzilgan uch yillik ijobiy auditorlik hisoboti, S&P, Fitch, Moodyʻs va 
boshqa yetakchi agentliklarning kredit reytingi majburiy talablar sifatida 
belgilangan. Shuningdek, kompaniya egalari haqidagi axborotlarning toʻliq 
ochiqligi, qarz oluvchining asosiy aksiyadorlari pasport nusxasigacha talab 
qilinadi.
Yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish jarayonida yuristlar xizmatlari 
boʻyicha xarajatlar miqdori 600 mingdan 1 million AQSH dollarigacha tashkil 
etishi kuzatiladi. Anderrayterning oʻrtacha komissiya haqi esa odatda muomalaga 
chiqarilgan yevroobligatsiya umumiy summasining 0,5 – 0,7 foizini tashkil etadi. 
Yevroobligatsiyalar odatda London yoki Lyuksemburg fond birjalarida 
sotiladi. Lekin ular savdosining kattagina qismi birjadan tashqari bozorlar hissasiga 
toʻgʻri keladi. 
38
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 20. 


98 
Moliyalashtirish manbasi sifatida yevroobligatsiyalarning ham oʻziga xos 
afzalliklari va kamchiliklari mavjud boʻlib, ular quyidagilar (8.1-jadval): 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə