Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

 
 
 
 
 


79 
VI bob. IPOTЕKA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI 
 
6.1. Ipoteka bozori faoliyatining nazariy jihatlari 
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda ijtimoiy sohani 
rivojlantirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha ham qator islohotlar va 
chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda aholini uy-joy bilan taʼminlash 
maqsadida barcha hududlarda keng miqyosli ishlar davom ettirilayotganligini ham 
qayd etib oʻtish zarur. Mazkur amaliyotda tijorat banklari faol ishtirok 
etayotganligi, ipoteka kreditlari taqdim etilayotganligi barchamizga maʼlum. Jahon 
amaliyotida ipoteka kreditlash amaliyoti bilan bir vaqtda ipoteka qimmatli 
qogʻozlari muomalasi ham keng doirada qoʻllaniladi. Shundan kelib chiqqan holda 
quyida ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi xususida fikr yuritamiz. 
“Ipoteka – bu real aktiv bilan taʼminlangan uzoq muddatli kreditdir”
24

Kengroq taʼkidlaydigan boʻlsak, “Ipoteka – majburiyatlarni koʻchmas mulk 
bilantaʼminlashningbirusuli boʻlib, bunda agar garovga qoʻyuvchi oʻz 
majburiyatlarinibajarmasa,garovga oluvchi oʻz talablarini garovga qoʻyilgan 
koʻchmas mulk hisobidanqondirishhuquqiga ega boʻladi”
25
.Ipoteka krediti – 
banklar tomonidan koʻchmas mulkgaroviasosidakoʻchmas mulkni sotib olish yoki 
qurish uchun beriladigan uzoq muddatlikredit turidir
26
. Bunda ipoteka krediti sotib 
olinayotgan koʻchmas mulk orqali beriladi va garov predmeti sifatida koʻchmas 
mulk amal qiladi
27
. Ipoteka krediti boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilgach 
koʻchmas mulk ipoteka krediti oluvchining toʻliq egaligigiga oʻtadi. 
Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy taʼminlash maqsadida 
tijorat banklari tomonidan ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilishi 
mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi. 
Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida bir nechta muammolarga duch 
kelingan. Yaʼni “birinchidan, dastlabki vaqtdarda ipoteka miqdori jud past boʻlgan. 
Natijada koʻplab institutsional investorlar bunday kichik moliyaviy instrument 
ishlashni lozim tompagan. 
Ikkinchi muammo ikkilamchi bozorda ipoteka savdolari bilan bogʻliq boʻlib, 
bunda savdolarning standartlashtirilmaganligi salbiy taʼsir koʻrsatgan. Unda 
qoplash davrining, foiz stavkalarining, bitim shartlarining turlichaligi amal qilishi 
ipoyeka bozori kengayishiga toʻsqinlik qilgan.
Uchinchidan, ipoteka kreditlari xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan 
qimmatligi bilan ajralib turgan. Ipoteka kreditlariga xizmat koʻrsatishni korporativ 
obligatsiyalarga xizmat koʻrsatish bilan solishtirilganda bunga yaqqol guvoh 
boʻlish mumkin. Kreditor har oylik toʻlovni undirishi, mulk boʻyicha soliqlarni 
toʻlashi, sugʻurta mukofotlari toʻlab borishi va zahira hisobi boʻyicha xizmatlar 
koʻrsatishi lozim. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha bunday emas. 
24
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 
324 
25
Саттаров Б.К. Ўзбекистонда ипотека қимматли қоғозлари бозорини шакллантириш йўллари. И.ф.н. илмий 
даражасини олиш тақдим этилган дисс.автореферати. Тошкент – 2012. – Б. 8.
26
Косарева Н.Б. Основы ипотечного кредитования. – М.: ИНФРА-М, 2007.–С.5. 
27
Гусева И.А. Финансовые рынки и институты. – М.: Юрайт, 2018. – С. 105. 


80 
Va nihoyat, toʻrtinchidan, ipoteka boʻyicha noaniq toʻlovga qobiliyatsizlik 
riski mavjud. Investorlar ipoteka boʻyicha kredit oluvchini baholashga koʻp 
vaqtlarini sarflashni hohlamaydilar. Bu muammolar ipoteka qimmatli qogʻozlari, 
shuningdek sekyuritizatsiyalashgan ipoteka yuzaga kelishiga olib keldi”
28
.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə