Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

 
 
 
 


150 
XII bob. FOND BIRJALARI VA FOND BOZORI ISHTIROKCHILARI 
 
12.1. Fond birjasi funksiyalari va tashkiliy tuzilmasi 
Oʻzbekiston Respublikasida fond birjasi faoliyati 12.09.2014 yilda qabul 
qilingan OʻRQ-375 sonli “Birjalar va birja faoliyati” toʻgʻrisida qonunning yangi 
tahriri orqali tartibga solinadi. Ushbu qonun birjalarning tashkil etilishi va faoliyati 
bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” 
qonunga muvofiq, 
birja
– oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan 
qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. Qonunning 3–
moddasiga koʻra, birjalar belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin birja 
faoliyatini amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritadilar va oʻz nomida “birja” 
soʻzidan foydalanishlari lozim boʻlgan yuridik shaxslardir. 
Birjalar oʻz faoliyatini tovar–xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida 
amalga oshiradi. Birja oʻz ustav hujjatlariga ega boʻlishi kerak va bu hujjatlar 
quyidagilardan iborat: 
- birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri, elektron 
pochta manzili; 
- birja ustav fondining miqdori; 
- birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati, turlari; 
- birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish 
komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu organlarni shakllantirish 
tartibi, ularning vakolatlari. 
Fond birjasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda bir qator huquqlarga ega: 
kotirovkalash; arbitraj; listing; nazorat va boshqa birja komissiyalarini tashkil 
etish; birja tovarlari narxlari birja tomonidan belgilangan chegaraviy miqdordan 
oʻzgarib ketsa, birja savdolarini toʻxtatish; qonun hujjatlariga muvofiq tanlov, 
kimoshdi, koʻrgazma-yarmarka savdolarini, davlat xaridlari va korporativ 
xaridlarni tashkil etish hamda oʻtkazish; birja axborotnomalari, maʼlumotnomalari 
hamda boshqa axborot va reklama materiallarini chiqarish; birja savdolarini tashkil 
etish; birja tovarlariga boʻlgan talab va taklifning nisbati asosida ularni 
kotirovkalash. 
Fond birjaning oʻz majburiyatlari ham mavjud. Ularga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin: savdo maydonchalarida va seksiyalarda birja savdolari 
oʻtkazish joyi hamda vaqti toʻgʻrisida birja aʼzolarini oʻz vaqtida xabardor qilish; 
birjada tuzilgan bitimlarnining bajarilishini taʼminlash uchun shart sharoitlar 
yaratish; birja aʼzolarining va ular mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, 
aniqlashtirish hamda hisobga olish, shuningdek bankda ochilgan maxsus 
hisobvaraqlar orqali ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob kitoblarni amalga oshirish; birja, 
birja aʼzolari va ularning mijozlari pul mablagʻlarining alohida-alohida hisobini 
yuritish; muntazam ravishda oʻz rasmiy veb-saytida birja tovarlarining 
kotirovkalarini joylashtirish, shuningdek birja aʼzolarini har bir birja savdosining 
yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilib borish. 


151 
Fond birjaning faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga 
solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu bozorda 
shakllantirishdan tashkil topadi. 
Quyidagi rasmda fond birja tamoyillarini koʻrib chiqishimiz mumkin. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə