65
tahlilni moliyaviy faoliyat va uning
samaradorligi, natijaviyligini
xarakterlovchi
barcha jihatlarga nisbatan qo‘llash mumkin.
Omilli tahlil quyidagi shartlar asosida bajariladi.
-natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlik ikki yoki undan ortiq bo‘lishi lozim;
-natijaviy ko‘rsatkich bir xil o‘lchovli bo‘lishi lozim;
-natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni hisob-kitoblar orqali aniqlash
mumkin bo‘lishi lozim;
-natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklar o‘rtasida
uzviylik, bog‘liqlik,
aloqadorlik bo‘lmog‘i lozim;
-natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar turli jihatlarni aks ettirishi lozim
(baho, tannarx, hajm, struktura va h.k. kabi).
Moliyaviy tahlilda omilli tahlildan ko‘proq korxona moliyaviy faoliyati
natijaviyligini
baholashda, foyda va zararlar o‘zgarishiga, rentabellik o‘zgarishiga
ta’sir etuvchi birliklarni baholashda foydalaniladi. Aslida har bitta natijaviy
ko‘rsatkichni omilli tahlilini amalga oshirish mumkin.
Shu sababli moliyaviy holat
tahlili yuzasidan omilli tahlil mavzularini quyidagicha tarkiblash mumkin
-iqtisodiy resurslar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili;
-aktivlar samaradorligi, natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarning
omilli tahlili;
-kapital
va
majburiyatlar
samaradorligi,
natijaviyligi
bilan
bog‘liq
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili;
-moliyaviy faoliyat natijaviyligi va rentabelligi bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili;
-korxonaning bozordagi faolligi va ish aktivligi bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘rsatkichlarning omilli tahlili.
Omilli tahlil metodikasini xalqaro amaliyotda mashhur bo‘lgan, g‘arb tahlil
maktabining buyuk nomoyandasi Dyuponning uch faktorli modeli misolida ko‘rib
chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: