O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə360/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   377
Moliyaviy tahlil

*13 198 104 658+24 276 893 065/2 
**24 276 893 065+31 672 544 789/2 
Korxonada aktivlarning rentabelligi joriy davrda 5.2 foizni, o‘z mablag‘lari 
rentabelligi 10.9 foizni tashkil etgan. Ularning kelgusidagi (2018 yildagi) kutilishi mos 
ravishda 8.3 hamda 21.4 foizni tashkil etgan. Korxona kelgusi davr uchun jalb 
qilinadigan kapital tarkibida uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlarni 
ko‘paytirishi uning sof foydasi hisobiga foizlar to‘lovini qoplash yuzasidan xech 
qanday muammoli jihatni ifoda etmaydi. 
 
14.4. Pul mabalag‘lari naqdligini bashoratlash 
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 
axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi 
subyektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini 
baholashga imkon beradi. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini joriy natijalaridan 
(ularning yuzaga kelishi va shakllanishining faoliyat turlari bo‘yicha) kelib chiqqan 
holda korxonaning kelgusidagi pul tushumlarini ham bashoratlash mumkin. 
Bunda albatta har bitta faoliyat turi bo‘yicha o‘zgarishlarga muhim ahamiyat 
qaratiladi. Ya’ni, operatsiya faoliyat, investitsiya faoliyat va moliyaviy faoliyat 
bo‘yicha pul mablag‘larining kirimi va chiqimi oldindan bashorat qilinadi. 
Har uch toifaning pul mablag‘lari harakatiga, holatiga ta’siri birgalikda 
alohidalikda va umumiylikda o‘rganiladi. 
Ularning jamlangan holati tahlil davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini 
belgilab beradi.


468 
Pul oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari bashorati 
to‘g‘riligini tekshirish chog‘ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx 
o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‘ida zarur bo‘ladi. 
Pul mablag‘larini bashoratlash tahlilda eng murakkab va qiyin jarayon 
hisoblanadi. Negaki, bu omillar ko‘proq tashqi subyektlarning to‘lov intizomiga amal 
etish darajasi bilan belgilanadi. Negaki, doimo ham sheriklarni, mahsulot sotib 
oluvchilarni, mol yetkazib beruvchilarni puxta o‘rganish imkoni bo‘lmaydi. Ular bilan 
bo‘ladigan munosabatlarda qarzdorlik muammosini hal qilish yuzasidan zaxira 
fondlarining tashkil etilishi ham shuni talab etadi.
Menejerlar birinchi navbatda pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini 
tanlashi lozim. Negaki bu kelgusida olinadigan foydaning va kapitalning o‘sishini 
ahamiyatligini oshiradi.
Buning uchun birinchi navbatda pul oqimlarini boshqarish strategiyasini to‘g‘ri 
tanlash lozim: 
- pul mablag‘lari kirimi va chiqimi davr boshlanishidan oldin bashoratlanishi; 
- sof pul oqimini (ortikcha yoki kamomad) davr boshlanishidan oldin hisob-
kitobini qilinishi; 
- uzoq va qisqa muddatli moliyalashtirishlarga talablarni davr boshlanishidan 
oldin aniqlash lozim. 
Pul oqimini bashoratlashda albatta debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini 
holatiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Debitorlik majburiyatlari bilan bog‘langan 
pulning harakati quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə