O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Moliyaviy holatni bashoratlashga ichki va tashqi omillar ta’siri



Yüklə 6,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə367/377
tarix23.12.2023
ölçüsü6,46 Mb.
#156486
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   377
Moliyaviy tahlil

Moliyaviy holatni bashoratlashga ichki va tashqi omillar ta’siri 
Korxonalar moliyaviy holatni, moliyaviy natijalari va ularning kelgusidagi 
kutilishlarini bashoratlashda yuz foiz aniqlikni ta’minlaydigan formula yoki model 
ishlab chiqilmagan. Moliyaviy holat va moliyaviy natijaviylikning alohida birliklarini 
(to‘lovga qobillik, likvidlik, rentabellik, iqtisodiy nochorlik, ish aktivligi va h.k.) 
bashoratlashning ham ko‘pi bilan 90 foizga qadar aniqligini ta’minlash mumkin xolos. 
Bu ham tashqi ta’sir biliklaridagi (soliq, boj, kredit siyosatidagi uzoq davriylikdagi 
o‘zgarishlar, inflyatsiyaning jilovlanishi, hisob-kitoblar va shartnomaviy 
munosabatlardagi) aniqlik ta’minlangan holdagina erishiladi. 
Korxona moliyaviy holatini, moliyaviy natijalari va pul oqimlarini kelgusidagi 
kutilishiga ta’sir etuvchi birliklarni quyidagi belgilari bo‘yicha tarkiblash mumkin. 
1.
Yuzaga kelish shakli bo‘yicha: ishchi va tashqi


473 
2.
Natijaning muhimligi bo‘yicha: asosiy va ikkilamchi; 
3.
Tarkibi bo‘yicha: oddiy va murakkab
4.
Amal etish davri bo‘yicha: doimiy va vaqtinchalik omillar 
Tarkiblashda eng ommalashgan shakl bu ta’sir etuvchi birliklarni ichki va tashqi 
omillarga tarkiblash hisoblanadi. Ichki omillar bu korxonaning o‘ziga bog‘liq omillar, 
tashqi omillar bu korxonaning o‘ziga, uning ish faoliyatiga, natijalariga bog‘liq 
bo‘lmagan ta’sir omillardir. 
Tashqi omilar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- iste’molchilar to‘lov talabining o‘zgarishi va dinamikasi
- hukumatning hisob, moliya-kredit, soliq siyosati
- raqobatning jiddiyligi; 
- siyosiy barqarorlik; 
-resurslar bozoridagi holat; 
- inflyatsiya i boshqalar. 
Moliyaviy hisobotlarni bashoratlashda tashqi omilardan tashqari albatta birinchi 
navbatda ichki omillarga ahamiyat qaratish lozim. Negaki bu omillarni o‘zgartirish, 
ta’sir darajalarini maqsadga yo‘naltirish imkoniyatlari mavjud. 

Yüklə 6,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   377




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə