O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “budjet hisobi va g’aznachilik”fakulteti



Yüklə 6,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə524/525
tarix24.12.2023
ölçüsü6,62 Mb.
#159384
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   525
48d002708393a1bbe0ce9314f5735ba74c1a3bc8

 
Fandan nazorat turlari. 
Fandan talabalarning bilimini nazorat qilish oraliq va 
yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Fandan nazorat turlari 
bo‘yicha topshiriqlarning mazmuni talabaning bilimini xolis, ob’ektiv va aniq 
baholash imkoniyatini ta’minlaydi.
 
Oraliq nazorat (ON)
semestr davomida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv 
mashg‘ulotlari davomida 2 martagacha o‘tkaziladi. (O‘quv semestri davomida haftasiga 2 
akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha ON o‘tkazilmaydi). 


720 
ON bo‘yicha talabalarning bilimini baholash fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib 
borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba fandan yakuniy nazorat 
turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi shart. ONni topshirmagan, 
shuningdek undan “2” (qoniqarsiz) baholangan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 

Yakuniy nazorat (YaN)
talabalarning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib 
bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini 
olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi. 
YaN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv jarayoni 
jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi: 
Baho 
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi 
5(a’lo) 
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi
mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, 
fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi
aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb 
topilganda; 
4(yaxshi) 
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay 
oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay 
oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb 
topilganda; 
3(qoniqarli) 
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) 
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan 
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
2(qoniqarsiz) 
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini 
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb 
topilganda. 
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon 
qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. 
YaNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” 
(qoniqarsiz) baholangan magistrant akademik qarzdor hisoblanadi. Fandan akademik 
qarzdor magistrantga nazorat turlari(ON va YaN)ni qayta topshirish uchun 1 oy muddat 
beriladi. 
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda o‘tkazilgan 
nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi 
mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha magistrantning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” 
(yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.

Yüklə 6,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   525




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə