Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə14/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182
FALSAFA UMK

Qadimgi Xitoy falsafasi. Xitoy falsafasi o‘zimning gullab-yashnagan vaqtiga “urushuvchi davlatlar” deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining “oltin davri” (eramizdan avvalgi VI-III asrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat edi: inyan, konfutsiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm.
Konfutsiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqat-e’tiborni qaratdi. Konfutsiychilik uchun eng mukammal namuna o‘tmish edi. Konfutsiy (er.avv. 551 -449-y.) o‘zi haqida shunday degan edi: “Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman”. U va uning izdoshlari jamiyatning parchalarib ketishidan bezovta bo‘lganliklari sababli asosiy e’tiborni insonni o‘z atrofdagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga qaratdilar. SHaxs o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfutsiychilik axloqi insonni uning ijtimoiy vazifasi bilan bog‘liq ravishda tushunadi, ta’lim va tarbiyani esa, insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok qiladi.
Konfutsiychilik Sharq halqlari ongida shunday axloqiy me’yorlarni shakllantirdiki, o‘zining omma ongiga ta’sir kuchi jihatidan uni Injildagi 10 diniy buyruq bilangina solishtirish mumkin. Bu, avvalo, besh muqimlik yoki besh fàzilat - insonparvarlik, burchga sodiqlik, tavfiqlilik, aqlga muvofiqlik, haqiqatgo‘ylikdir. Shuningdek, konfutsiychilik besh aloqa qoidasini, ya’ni jamiyatdagi munosabatlar tizimini ham ishlab chiqdi - bular davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi, ota-onalar bilan bolalar, er va xotin, kattalar bilan kichiklar va do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Xo‘jayinga sodiqlik va vafodorlik eng muhim va ustun sanalar edi. Konfutsiychilikning asosiy axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi:
- “halqni shafqat bilan boshqarish va halq ichiga xulq-atvor qoidalari yordamida tartibni joriy qilish”;
- “osmon irodasidan qo‘rqish” va “o‘lganlar ruhini hurmat biln yodga olish”;
- “tug‘ma bilimlarga ega bo‘lganlar” (mukammal donishmandlar) va “o‘qish-o‘rganish natijasida bilimga ega bo‘lganlar” mavjudligini tan olish, ya’ni o‘qish-o‘rganish tufayli bilimlarni kasb etish imkoniyati borligi va ta’lim-tarbiyaning buyuk rolini qayd etish;
- “Oltin o‘rtamiyonalik yo‘li”, “ikki qarama-qarshi qirrani qo‘lda ushlab, ammo halq uchun o‘rtachasidan foydalarish” qoidasini qo‘llash, ya’ni qarama-qarshiliklarni yumshatish va murosasozlik nazariyasiga rioya etish.
Konfutsiy tomonidan birinchi marta “oltin qoida” deb nom olgan keyinchalik ko‘pchilik mutafakkirlar tomonidan qolipga solingan - “o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqa odamlarga ham ravo ko‘rma” qoidasi shakllantirildi. Konfutsiychilikning yana bir muhim jihati “ismlarni tuzatish” talabi ediki, unga binoan agar jamiyatda “hukmdor hukmdor bo‘lmasa xizmatkor xizmatkorlik qilmasa, o‘g‘il o‘g‘illigini qilmasa”, ya’ni shunday vaziyat vujudga kelsaki, u “besh aloqa” talab etgan ta’limot tushqarisiga chiqsa, voqelikni tuzatish, jumladan, kuch ishlatib bo‘lsa ham tartibni joriy etish zaruriyatini tan olish lozim. Shundagina jamiyatdagi tabaqalar o‘rtasi munosabatlarni qat’iy ravishda tiklash mumkin bo‘ladi.
An’anaviy konfutsiychilikning asosiy tushunchalari quyidagilar: “ Li urf-odat va marosimlarga rioya etish, udum; “Si” - axloqiy me’yorlarni amalga oshirish; “In” - ijobiy ibtido, “ Yan” - salbiy ibtido, “ Dao» osmon, koinot yo‘li bo‘lib, muayyan tartib va qonunga binoan muvjud, uning ifodasi esa insonning xulq—atvori bo‘lishi lozim, “Chjen” - insonparvarlik “I» - burch, “Sin” - samimiylik va ba’zi boshqalar.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə