Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa fanining predmeti funktsiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə2/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
FALSAFA UMK

1.Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafa fanining predmeti funktsiyalari

Falsafa – inson bilimlarining oddiy yig‘indisi emas, balki ularning aqliy umumlashtirish asosida shakllangan xulosalar tizimidir. U insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismidir.


Hayotnig ma’nosi va mazmuni, insonning paydo bo‘lishi, uning tabiat va jamiyatga munosabati, kelajak avlodlarning taqdiri, jahon sivilizatsiyasining istiqbollari singari umumbashariy muammolar falsafaning markazida turadi. Nemis faylasufi Gegel ta’biri bilan aytganda, «Falsafa – inson tafakkurida aks etgan butun bir davrdir».
Falsafa insoniyatning buyuk ma’naviy boyligidir. U avlod ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy merosning barcha durdonalaridan bekamu-ko‘st foydalanish, tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar fanlar erishgan ulkan muvaffaqiyatlarga suyanish asosida shakllanadi. Falsafa rivojlanib borish bilan birga kishilarda olam haqidagi bir butun, yaxlit dunyoqarashni shakllanishida nazariy poydevor vazifasini o‘taydi. U tabiat, jamiyat, inson tafakkurini ob’ektiv qonunlarini bilish asosida moddiy olamga amaliy ta’sir etish yo‘llarini, dunyoni o‘zgartirish, qayta qurish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek voqealarni rivojlanishini oldindan ko‘rishga, umuminsoniy muammolarni hal etishga yordam beradi.
Falsafa termini birinchi marta Grek faylasufi Pifagor ta’limotida uchraydi. Lekin uni alohida fan sifatida ajratgan faylasuf Aflotundir. Falsafani – nazariy bilishning alohida bir sohasi sifatida qaragan faylasuflar ham Aflotun va Arastudir. Ularning talqinicha, «falsafa – bu insonning dunyo va o‘zi to‘g‘risidagi hamma bilimlarni o‘z ichiga oluvchi fandir». Xullas «falsafa» - yunoncha so‘z bo‘lib, «donishmandlikni sevish» ma’nosini bildiradi.
Markaziy Osiyolik ulug‘ faylasuf Forobiy o‘zining «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli asarida shunday deydi: «Falsafa» ta’biri grek tilidan olingan bo‘lib aslida filosofiya so‘zidan kelib chiqqan. «Filo» – taqdirlash, «sofiya» - hikmat. Ya’ni hikmatni taqdirlash degan ma’noni bildiradi.
Shuningdek, Forobiy o‘z asarida «Falsafa fanining ma’nosi nima?» deb savol qo‘yadi va unga o‘zi javob berar ekan, «mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsalarning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz», deb ta’kidlaydi.
Forobiy o‘z asarida falsafa fanini o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to‘g‘risida shunday deydi: «Har kimki ilm-hikmatni o‘rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobli bo‘lsin, so‘zini uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, xiyonat, makr-hiyladan uzoq bo‘lsin, diyonatli, bilimdon va notiq bo‘lsin, barcha qonun- qoidalarni bilsin, bilimli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin, bircha real moddiy narsalar to‘g‘risida ilmga ega bo‘lsin.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə