Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə5/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
FALSAFA UMK

2.Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari.

Dunyoqarash nima? Falsafa - dunyoqarash to‘g‘risidagi fandir. Dunyoqarash tushunchasi - bu avvalo inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir.


Dunyoqarash ko‘rinishlarlari:

      • Mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlar dunyoqarashning tarixiy shakllarini tashkil qilib ular bir-biridan farq qiladi.

      • Mifologik (afsonaviy dunyoqarash) – bu kishilik jamiyatida ilk bosqichda paydo bo‘lgan barcha halqlar tarixiga muvofiq xudolar, afsonaviy qahramonlar, botirlar, podshohlar kabi fantastik obrazlar orqali dunyoni tushunadi.

      • Diniy dunyoqarash – unda hal qiluvchi asosiy belgi ilohiy kuchlarga ishonish, butun olam barcha mavjudoti, insoniyat xudo tomonidan yaratilganligi, xudoga, ruhlarga sig‘inish bu dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyatlaridir.

      • Falsafiy dunyoqarash – bu qarashning o‘ziga xos xussusiyati shundaki, kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida yaxlit ma’lumotlar beradi.

Falsafiy dunyoqarashining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

    • dualizm – olamning asosida bir-biridan mustaqil ikkita – moddiy va ruhiy substansiya yotadi deb tushunish;

    • monizm – dunyo yagona asosga ega deb ta’kidlash;

    • panteizm – butun olam «Bosh yaratuvchi» tomonidan yaratilganligini tan olg‘an holda, tabiat o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi, harakatlanadi deb tushunish;

    • agnostitsizm – olamni bilishni qisman yoki butunlay inkor etish.

Ilmiy dunyoqarashfan va ilm dunyosida tabiat, jamiyat, inson tafakkuri ob’ektiv qonunlarini ochib beradi, taraqqiyotini tezlashtiradi.
Falsafa jamiyatning ijtimoiy ehtiyoj va manfaatlari, g‘oyaviy-siyosiy qarashlari, umuman, uning moddiy va ma’naviy hayoti bilan aloqador bo‘lib ijtimoiy borliqni aks ettiradi va o‘z o‘rnida unga faol ta’sir ko‘rsatadi. O‘zining tamoyillari, qonun va kategoriyalari orqali yangi g‘oya va nazariyalar, ijtimoiy ideallar, ma’naviy qadriyatlar shakllanishiga yordam beradi. U fan sifatida borliqni ya’ni tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi.
Dunyoqarashning yangilanishi keng qarovli tushuncha sifatida xilma-xil xususiyat va yo‘nalishlarga ega. Avvalo, uning har bir kishiga xos individual ong bilan uzviy aloqadorligi va unga tayanishini alohida ta’kidlash lozim. Bu jihatdan u insonning insoniylik bilan bog‘liq xususiyatlarini takomillashtiruvchi kuchini belgilaydi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə