Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Falsafaning asosiy yo'nalishlari: ontologiya, gnoseologiya, falsafiy antropologiya, mantiq, etika, estetika, ijtimoiy falsafa va aksiologiya



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə8/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182
FALSAFA UMK

3.Falsafaning asosiy yo'nalishlari: ontologiya, gnoseologiya, falsafiy antropologiya, mantiq, etika, estetika, ijtimoiy falsafa va aksiologiya

Falsafiy bilimlar doirasi juda keng bo‘lib, ular quyidagi muammolarini o‘z ichiga oladi:



  • ontologiya – borliq haqidagi qarashlar;

  • gnoseologiya – borliqni bilish muammolari;

  • falsafiy antripologiya - inson muammosi;

  • aksiologiya – qadriyatlar to‘g‘risidagi ta’limotlar;

  • logika (mantiq) - inson tafakkuri qonunlari haqidagi qarashlar tizimlari;

  • etika – axloqiylik haqidagi bilimlar tizimi;

  • estetika – go‘zallik haqidagi qarashlar;

  • ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta`limotlar.

Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o‘zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o‘z-o‘zidan yuz bermaydi.
Ayniqsa, inson tafakkurining o‘zgarishi dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murokkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol g‘oyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o‘zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin.
Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani o‘rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya’ni muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy e’tibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning ma’nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy ta’limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Darhaqiqat, ong, tafakkur, ruh, ideallik va ularning materiya, tabiat, borliq bilan o‘zaro nisbati masalalariga o‘z munosabatini bildirmagan yoki, o‘z mulohazalari va xulosalarida shubha qilmagan faylasufni topish mushkul. Bu hol o‘z vaqtida olimlar tomonidan «falsafaning asosiy masalasi»ni ta’riflashiga turtki bergan bo‘lib, unda ikki jihat alohida ajralib turadi.
Birinchi jihat moddiylik va ideallikning o‘zaro nisbatiga tegishli. Savol shunday qo‘yiladi: «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?» yoki, «Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi falsafaning buyuk asosiy masalasidir».
Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, quyidagicha ta’riflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» Boshqacha aytganda: «Biz haqiqiy dunyo haqidagi o‘z tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmizmi?»Bu masalada materialistlar va idealistlarning qarashlari ziddiyatli xarakterga egadir.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan javoblar orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq insonning bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u o‘zini qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo‘ladi, deb hisoblanadi. Bunda G.Gegelni, va u yaratgan ta’limotning ko‘p sonli tarafdorlarini tilga olib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.
Ikkinchi yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. Bu yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini to‘la (yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday qarashlar ayniqsa D.YUmga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari qatoriga I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli bo‘lib, faylasuflar orasida munozaralarga sabab bo‘lib keladi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə