Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə6/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
FALSAFA UMK

Dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi.

  • Avvalo, bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog‘liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining qaror topa borishi, islohatlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg‘onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga etkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur.

  • Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning halqaro nufuzi va aloqalarining o‘sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalarga tayanadi. Uning hayotiyligi halq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu-intilishlariga mosligi bilan belgilanadi.

  • Albatta, falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida halqimizda to‘g‘ri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi.

  • Falsafiy tafakkur Yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mujassam etilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‘oyalar omma manfaatlarini aks ettirgani bois ularni ma’naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda O‘zbekistonda qabul qilinayotgan qonun va boshqa xujjatlarning asl mohiyatini, ular bayon qilingan g‘oya, xulosalar, takliflarni keng halq ommasiga etkazish benihoya muhim va dolzarb ekanini ta’kidlash joiz. Chunki huquqiy jamiyat va ma’rifatli barkamol inson tushunchalari o‘zaro bog‘liqdir. Madaniy bozorni ham, ma’naviy sog‘lom jamiyatni ham ana shunday kishilar yaratadi. Ularni voyaga etkazmay turib, jamiyatdagi Yangilanishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish to‘g‘risida fikr yuritish qiyin.

  • Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga etish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan taqdirlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning shu jumladan «Ochiq axborot tuzilmalarida axborot-psihologik xavfsizlik» fanning ahamiyati beqiyosdir. Shu bois, o‘z halqi tarixini, o‘z milliy madaniyatini, urf odat va an’analarini yaxshi biladigan, milliy g‘ururi yuksak avlodni tarbiyalash falsafaning muhim vazifasidir.

  • Falsafiy dunyoqarashning Yangilanishi mohiyat e’tiboriga ko‘ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart-sharoit yaratadigan jarayondir. Shu ma’noda, u ham, jamiyatdagi boshqa o‘zgarishlar kabi, avvalo, inson uchun, uning kamoli va hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotdir.


Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə