Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Falsafaning asosiy vazifasi (funksiyalari)



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə3/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
FALSAFA UMK

Falsafaning asosiy vazifasi (funksiyalari)
Falsafaning asosiy vazifasi jamiyatda bajaradigan funksiyalarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Falsafaning bunday funksiyalari quyidagilardir:
1. Dunyoqarash funksiyasi;
2. Metodologik funksiyasi;
3. Gnoseologik funksiyasi;
4. Ijtimoiy funksiyasi;
5. Aksiologik funksiyasi;
6. Ta’lim tarbiyaviy funksiyasi va h.k.lar.
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Falsafa o‘z tadqiqot mavzusi sifatida insonning mohiyati, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlarining asoslari va sabablari, borliq, materiya, tabiat taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi. U bunda inson tafakkuri va bilishiga oid eng umumiy tushunchalar sistemasi bilan ish ko‘radi. Bular ichida eng muhimlari – inson, borliq, materiya, ong, tafakkur, xossa, munosabat, o‘zgarish, rivojlanish, sabab va oqibat, tasodif va zaruriyat, butun va bo‘lak, element va struktura va boshqalardir. Falsafaning bu kategoriyalari dunyodagi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalardagi eng umumiy tomonlarini bog‘lanish va aloqadorliklarini in’ikos ettiradi. Bu falsafaning dunyoqarash funksiyasini o‘z ichiga oladi.
Falsafa shu bilan birga inson bilishining eng umumiy universal prinsiplarini ham ishlab chiqadi. Falsafa o‘zining bu kategoriyalari tizimi va universal prinsiplarini, dunyoni bir butun holda olib, uning eng umumiy tomonlarini o‘rganish asosida hosil qiladi. Falsafaning bu metodologik umumlashmalari insoniyat faoliyati, bilimlari tizimining hamma sohalariga, ularning butun mazmuniga singib ketgan bo‘ladi. Borliqning turli tomonlarini o‘rganuvchi alohida fanlar o‘zlari erishgan yutuqlarni izohlashda, ulardan umumiy xulosalar chiqarishda falsafiy metodologik umumlashmalardan foydalanishga muhtoj bo‘ladilar. Aniq fanlar o‘z tadqiqotida hech qachon umumiy xulosalar qilolmaydilar. Aniq fanlar rivojlangani sari falsafiy metodologik umumlashmalarning ahamiyati ortib boradi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə