Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Falsafaning gnoseologik funksiyasi quyidagichadir



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə4/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
FALSAFA UMK

Falsafaning gnoseologik funksiyasi quyidagichadir: Falsafa dunyoni bilish muammosini o‘rganar ekan, o‘zining umumiy metodlarini ishlab chiqib inson bilishining bir butun umumiy nazariyasini ham yaratadi. Shu asosda inson bilish faoliyatining paydo bo‘lishi, uning rivojlanishi tendensiyalari va eng umumiy qonunlarini ochib beradi. U fan inson amaliy tajribasida hosil bo‘lgan bilimlarning haqiqatligini tekshiruvchi mezonlarini ham tadqiq etadi.
Falsafa dunyoni bilishning eng umumiy qonunlarini kashf etish bilan cheklanmaydi, inson oldiga avvalo o‘zini anglash va so‘ngra borliqni o‘zgartirish masalasini ham qo‘yadi. Dunyoni bilish asosida insonning o‘zi ham o‘zgarib, so‘ng dunyoni o‘zgartirishi mumkinligini nazariy jihatdan asoslaydi.
Falsafa umuminsoniy ma’naviy madaniyatning bir qismi sifatida ijtimoiy hodisalar – siyosat, huquq, axloq, san’at, din va fan bilan chambarchas bog‘liqdir. Falsafiy muammolarining asosiy mohiyati – inson va uning borliqqa munosabatini ko‘rsatib berishdan iboratdir. Bunda falsafa birinchidan, insonni, dunyoni bilishning sub’ekti sifatida o‘rganadi. Ikkinchidan, falsafa insonni universal sub’ekt sifatida o‘rganadi. Uchinchidan, falsafa ayni shu sub’ektning ob’ektga munosabatini o‘rganadi. Bunda falsafaning vazifasi ob’ektlar dunyosi bilan sub’ektlarni birlashtiruvchi umumiylikni topishga qaratilgan bo‘ladi. Va nihoyat, falsafa sub’ektning dunyoni bilishida asosiy tayanch bo‘ladigan nazariy umumiy prinsiplarini asoslab beradi.
Jamiyat hayotning hozirgi sharoitida falsafaning aksiologik funksiyasi ham ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Falsafa inson hayotining mohiyatini yashashining asosiy mazmunini, turmushidagi qadr-qimmati va jamiyatda tutgan o‘rnini gumanistik tamoyillari progressiv, ijtimoiy ideallar, qadriyatlar nuqtai nazaridan tushuntiradi. Insoniyat boshiga xavf solayotgan jahon termayadro urushi ehtimoli kuchaygan, ekologik vaziyat buzilib ketgan, energiya resurslari tugayotgan, jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy tangliklar kuchaygan hozirgi sharoitda buning ahamiyati kattadir. Barcha muammolarga tarix saboqlari va insoniyatning istiqboli masalalarini e’tiborga olib yondoshish ham falsafiy tafakkurning ifodasidir. Falsafaning aksiologik funksiyasi shunda namoyon bo‘ladi.



Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə