Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti masharipova gularam Kamilovna falsafa fanidan barcha ta’lim yo‘nalishlari bakalavr talabalari uchun o`quv-uslubiy majmua toshkent – 2023 Masharipova


Falsafiy dunyoqarash o‘zgarishining muhim jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə7/182
tarix24.12.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#159422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182
FALSAFA UMK

Falsafiy dunyoqarash o‘zgarishining muhim jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.

  • Birinchidan, falsafiy dunyoqarashning Yangilanishi ijtimoiy jarayondir. Ya’ni u, avvalo, taraqqiyotning bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tayotgan mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlardagi uzliksiz o‘zgarishning tarkibiy qismidir. Falsafadagi Yangilanish jamiyatdan, o‘z davridan, ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlardan tashqarida sodir bo‘ladigan hodisalar yig‘indisi emas. Balki u o‘zida ana shu ijtimoiy jarayonlarning barcha asosiy xususiyatlarini aks ettiradi.

  • Ikkinchidan, mustaqillika erishgan va uni mustaxkamlashga harakat qilayotgan mamlakatimiz uchun bu tarixiy zaruratdir. Ya’ni, u tasodifiy namoyon bo‘ladigan o‘tkinchi hodisa emas. Balki o‘tish davrining zaruriyati, jamiyatni tubdan isloh qilish, odamlarda Yangicha tafakkurini shakllantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biridir.

  • Uchinchidan, falsafiy dunyoqarashning Yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarning o‘zgarishi hamdir. Shu ma’noda, u buyuk alloma bobomiz Abu Nasr Farobiy orzu qilgan fozil odamlarning komil fazilatlarini shakllantiradigan va takomillashtirilgan jarayondir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, u g‘oyat murakkab ruhiy o‘zgarishlar, odamlarning qullik psihologisi va mustabid tuzumga xos mafkuraviy asoratlardan halos bo‘lish jarayoni hamdir.

  • To‘rtinchidan, falsafiy ongning Yangilanishi muayyan bir davrda amalga oshadi. Bu jarayon bizning mamlakatda o‘tishi davriga to‘g‘ri kelmoqda. Ana shu davrda ijtimoiy muhitda Yangi jihatlar vujudga keladi, odamlarning ruhiyati, qarashlarida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi.

  • Beshinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanish inkor va vorislik jarayoni hamdir.

  • Unda, bir tomondan, o‘zbek falsafasida azaldan mavjud bo‘lgan, hatto sobiq mustabid tuzum ham yo‘qota olmagan ko‘p jihatlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, yaqingacha ustuvor bo‘lgan ko‘pgina sinfiy-partiyaviy tamoyillar o‘tmishga aylanadi, inkor etiladi. Uchinchi tomondan esa, falsafiy tafakkurda yangi yo‘nalishlar o‘z o‘rnini topadi.




Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə