O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

 
5 . 4 . Uzum vino la ri
 
Uzum vinolari 
tarkibida spirtdan tashqari qand, organiq kislotalar, oshlovchi, 
rang beruvchi, xushbo„y, mineral moddalar va B
1
, B
2
hamda S vitaminlari bor. 
Uzum vinolari g„oyat
lazzatli bo„lib, ulardan ba‟zilari hatto davolash uchun ham 
qo„llaniladi. Mamlakatimizda uzum vinolari juda ko„p (700 ga yaqin nomda) 


116 
ishlab chiqariladi. Vinolar tarkibida uglekisliy gazi bo„lmagan (yumshoq) va 
gazli vinolarga ajratiladi.
Kollektsiyali vinolar kamida 6 yil, shu jumladan, butilkalarda kamida 3 
yil saqlangan a‟lo sifatli markali vinolardir. Uzum vinolari odatda oshxona
o„tkirlashtirilgan, xushbo„ylantirilgan va gazli vinolarga bo„linadi.
Oshxona vinolari. 
Tarkibida 9 dan 14% gacha spirt bo„lgan, uzum 
shirasini tabiiy achitish natijasida olingan vinolar stoloviy vinolar deyiladi. 
Uzum shinnisini to„la achitib tarkibida 0,5% qand bo„lgan shirasiz stoloviy 
vinosi, chala achitib - yarim shirasiz (qandi 0,5 dan 3% gacha) va yarim shirin
 
(qandi 3 dan 8% gacha bo„lgan) stoloviy vinolar olinadi.
Yarim shirasiz va yarim shirin stoloviy vinolar turg„un emas, tez 
buziladi. shuning uchun ham ular faqat yangiligida savdoga chiqariladi. Stoloviy 
vinolari rangiga ko„ra oq (och somon rangdan to„q tilla ranggacha), pushti (och 
pushtidan och qizil ranggacha) va qizil (qizildan to„q qizilgacha); sifatiga ko„ra - 
markali va oddiy bo„ladilar.
O‘tkirlashtirilgan vinolar. 
Uzum sharbati yoki shinnisini chala achitib 
olingan vinolar o„tkirlashtirilgan vinolar deyiladi; bunday vinolarning achish 
jarayoni spirt qo„shib to„xtatiladi. Tarkibidagi spirt va qandga ko„ra ular o„tkir 
va desert vinolarga bo„linadi.
O‗tkir vinolar
tarkibida 16 dan 20% gacha spirt va 3 dan 17% gacha 
qand bo„ladi. Ular oq, pushti va qizil rangli bo„ladilar. Portveyn (oq, pushti, 
qizil), madera, marsala, xeres o„tkir vinolarning eng tipik namunalaridir. 
“Kuban”, “Derbent”, “Aygeshat”, “Kardanaxi”, “Akstafa”, “Alabashli”, 
“Farhod”, “yujnoberejniy”, “Ashtarak”, “Krimskoe”, “Livadiya” va h.k.ham 
o„tkir vinolar guruhiga kiradi.
Desert vinolar
tarkibida 12 dan 16% gacha spirt va 5 dan 35% gacha 
qand bo„ladi. Ular ancha yumshoq ta‟mi, xushbo„yligi, meva yoki asal hidi kelib 
turishi bilan o„tkir vinolardan farq qiladi. Tarkibidagi qandga ko„ra desert 


117 
vinolar o„z navbatida: yarim shirin (qandi 5 dan 12% gacha), shirin (20%) va 
likyor (21 - 35%) vinolarga bo„linadi.
O„tkirlashtirilgan yarim shirin vinolar tarkibidagi spirt (15-16%) va qand 
(5-10%) nisbatan kam bo„lganligi sababli uzoq saqlab bo„lmaydi, tez buziladi. 
“shato-ikem”, “Barzak” “Limanskoe krasnoe” va h.k.shu guruhga mansub 
vinolardir.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə