O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 2 . Ko fe va k o fe ic himlik la ri



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

5 . 2 . Ko fe va k o fe ic himlik la ri
 
Kofe
. Kofe tropik iqlimdagi mamlakatlarda o„sadigan kofe daraxti 
mevasining urug„idan olinadi. Kofe daraxtining mevasi olcha kattaligida bo„lib, 
ikkita, ba‟zan bitta urug„ soladi. Kofe terib olingandan keyin etidan tozalanadi, 
silliqlanadi, sifatiga qarab navlarga ajratiladi va qoplarga joylab uzoq muddat 
saqlanadi. Masalan, Yava va Liberiya kofelari kamida bir yil, Mokko kofesi uch 
yilgacha, Braziliya kofesining ayrim navlari 10 - 12 yilgacha saqlanadi. Kofe 
qancha uzoq saqlansa, ta‟mi shuncha yaxshi va xushbo„y bo„ladi. Kofening turi 
juda ko„p bo„lib, odatda ular o„zi o„sadigan-joyning nomi bilan ataladi. 
Arabistonning Mokko, Braziliyaning Santos, Hindistonning Malabar kofelari va 
Tseylon, Kolumbiya, Gvatemala kofelari yaxshi kofelardir.


111 
Tuyulgan kofe
savdoga ikki turda: natural - qo„shimchasiz va 
qo„shimchali turlari chiqariladi. Qo„shimchali kofe tarkibida 80% va 20% 
qovurib tuyulgan tsikoriy yoki anjir, ba‟zan ularning aralashmasi bo„ladi. 
Tsikoriy yoki anjir kofening achchiq ta‟mini yumshatish, ekstraktligini oshirish, 
damlamasining rangini kuchaytirish uchun qo„shiladi.
Cho‗kmasiz eriydigan kofe
kukun xolida chiqariladi; u xom kofe donidan 
tayyorlanadi. Kofe doni qovurilgandan keyin maydalanadi, issiq suv quyiladi, 
hosil bo„lgan suvli ekstrakt quyuqlashtiriladi, keyin esa tuzg„itib quritiladi. 
Kukunning tuzilishi un kabi mayda donador, rangi jigar rang, kofening ta‟mi 
yoqimli, hidi xushbo„y bo„ladi; namligi 4%, sovuq suvda ham, issiq
 
suvda ham 
tamomila eriydi.
Kontsentratlangan kofe - tuyulgan kofening quritilgan qaymoq, sut, 
shakar bilan aralashmasidir. U bir stakan kofega mo„ljallab og„irligi 20, 30, 40 
g
dan presslangan biriketlar shaklida tayyorlanadi. Assortimenti: lyubitelskiy 
kofesi, qaymoqli kofe; plitkali natural kofe. Sifatiga ko„ra donali (qovurilgan) va 
tuyulgan kofe a‟lo va 1-navlarga bo„linadi. Navlarga ajratishda xushbo„yligi, 
ta‟mi, quyuqligi va damlamasining rangi, maydaligi, shuningdek, donining sifati 
asos qilib olinadi. Xususan, a‟lo navli tuyulgan kofe tarkibida kamida 75% 
Mokko, Gvatemala, Kolumbiya kofesi va 25% boshqa tur kofe donalari bo„lishi 
kerak. 1-navli kofeda 100% har qanday tabiiy kofe donalari bo„lishi kerak. 
Tuyulgan kofening rangi jigar rangda; a‟lo navining ta‟mi va xushbo„yligi 1-
navnikidan ancha nafis; mayin bo„lib, begona ta‟m va hidlardan holi bo„ladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə