O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Aroq va likyor-apoq mahsulotlari
 
uchun etil spirti asosiy xom ashyo 
bo„lib xizmat qiladi. U tarkibida kraxmal bo„lgan (kartoshka, don va boshqalar) 
yoki qand bo„lgan har xil mahsulotlar, drojji yordamida achitib olinadi. Iste‟mol 
uchun o„tkirligi kamida 96,5% bo„lgan, yaxshi tozalangan yoki rektifikatsiya 
qilingan spirt ishlatiladi. Tozalanmagan spirt faqat texnikaviy maqsadlarda 
qo„llaniladi. Aroq rektifikatsiyalangan etil spirti bilan yumshatilgan suv 
aralashmasidir. Suv bilan yaxshilab aralashtirilgan spirt har xil filtrlar 
(aktivlashtirilgan ko„mir, qum, asbest, namat, gazlama) dan o„tkaziladi, undan 
keyin aroq sifatini pasaytiruvchi mexanikaviy qo„shilmalardan, moy va boshqa 
moddalardan tozalanadi.


113 
Aroq assortimenti: 40% li oddiy aroq, “Moskovskaya osobaya” (40% 
spirtli), “Stolichnaya” (40% spirtli), “Ekstra” va boshqalar. Bu aroq turlarining 
hammasiga rektifikatsiyalangan a‟lo navli spirt ishlatiladi. Ta‟mini yumshatish 
va yaxshilash uchun “Moskovskiy osobaya” arog„iga ozroq natriy ishqori, 
“Stolichnaya” arog„iga - ozroq qand, tuz, sirka qo„shiladi.
Likyor-aroq mahsulotlariga
damlamalar, nalivkalar, likyorlar va 
punshlar kiradi. Ularga spirt, suv, qand, shifobaxsh va xushbo„y o„tlar, mevalar, 
rezavorlar, sharbatlar, morslar, efir moyi moddalari xom ashyo bo„lib xizmat 
qiladi. 
Damlamalar
tarkibidagi spirt va qandga ko„ra achchiq, yarim shirin va 
shirin bo„ladi. Achchiq damlamalar suv qo„shilgan va rektifikatsiyalangan etil 
spirtiga har xil xushbo„y o„tlar, urug„lar, tsitrus mevalarining po„sti va boshqalar 
qo„shib uzoq saqlash yo„li bilan hosil qilinadi. Hosil bo„lgan spirtli damlama suv 
bilan aralashtiriladi, ozuqa bo„yoqlari bilan rang beriladi va ozroq qand (1-2%), 
ayrim navlariga esa xushbo„yligini oshirish uchun efir moyi qo„shiladi. Achchiq 
damlamalar, ya‟ni o„tkir aroq mahsulotlari tarkibida 30 dan 45% gacha spirt 
bo„ladi. Ularga: “Gorniy dubnyak”, “Zubrovka”, “Zveroboy”, “Erofeich”, “Xin-
naya”, 
“Pomerantsevaya”, 
“Anisovaya”, 
“Vishnevaya”, 
“Tminnaya”, 
“Myatnaya”, “Limonnaya” va boshqa turlari kiradi.
Yarim shirin damlamalarning tarkibida 25-30% spirt va 2-3% qand 
bo„ladi. Ularga “Vishnevaya”, “Ryabinovaya”, “Yantarnaya” turlari kiradi. 
shirin damlamalar spirt, suv, qand va yangi yoki quritilgan meva hamda 
rezavorlarni spirtda saqlash yo„li bilan olingan morslardan ishlab chiqariladi. 
Odatda shirin damlamalar tarkibida 20-24% spirt va 15-20% qand bo„ladi. shirin 
damlamaning eng ko„p tarqalganlari: “Abrikosovaya”, “Vishnevaya”, 
“Yablochnaya”, “Brusnichnaya” va “Klyukvennaya” turlaridir.
Nalivkalar
rezavor-mevalar, 
morslari 
hamda 
yangi 
meva 
va 
rezavorlarining spirt qo„shilgan sharbatidan tayyorlanadi. Nalivkalar tarkibida 
spirt kam (18-20%), qand ko„p (20-40%) bo„lganligi bilan shirin damlamalardan 
farq qiladi. Eng yaxshi nalivkalar “Zolotaya osen”, “Slivyanka”, “Zapekanka”, 


114 
“Ayvovaya”, “Spoto„kach”, “Zemlyanichnaya”, “Klubnichnaya” va “Vish-
nevaya” lardir.
Likyorlar tarkibidagi qand va spirtga qarab o„tkir, dessertli va kremlarga 
bo„linadi. O„tkir likyorlar a‟lo sifatli spirt, efir moyining damlamasi, qand 
sharbati, suv va oziq-ovqat buyoqlarini aralashtirib hosil qilinadi. Ular dub 
idishlarda 6 oydan 2 yilgacha saqlanadi. Saqlash jarayonida likyorlarda ximik 
o„zgarishlar riy beradi, natijada ularning ta‟mi va xushbo„yligi yaxshilanadi. 
Ularning tarkibida 40 dan 45% gacha spirt va 32 dan 40% gacha qand bo„ladi. 
O„tkir likyorlarga: “Benediktin”, “Kristall”, “Prozrachniy”; “shartrez”, “yujniy 
jyolto„y” turlari kiradi.
Desertli likyorlar meva va rezavorlar morsidan yoki efir moyli xom 
ashyodan tayyorlanadi. Ularning tarkibida 25 - 30% spirt va 32-50% qand 
bo„ladi. Desertli likyorlarga: “Abrikosoviy”, “Aromatniy”, “Vanilniy”, 
“Kofeyniy”, “Limonniy”, “Novogodniy”, “Rozoviy”, “Chernosmorodinoviy”, 
“shoqoladniy”, “yubileyniy” va boshqalar kiradi.
Rom
. Rom - o„tkir alkogolli ichimlikdir. Rom shakarkamishning 
achitilgan shirasini yoki uni qayta ishlashda hosil bo„ladigan boshqa 
mahsulotlarni haydab olinadigan rom spirtini dubdan yasalgan yangi 
bochkalarda 4 - 5 yil mobaynida saqlash yo„li bilan tayyorlanadi. Tabiiy rom 
juda o„tkir (70-80%) bo„lib, sotuvga chiqarilishidan oldin o„tkirligi 45% ga 
keltiriladi.
Viski
. Viski - o„tkir alkogolli ichimlik. Viski javdar, makkajo„xori, arpa 
yoki ular aralashmasining achitilgan shirasini haydash yo„li bilan olinadi. 
Olingan spirt ichki tomoni kuydirilgan dub bochkalarda 4 - 10 yil mobaynida 
saqlanadi. Sotishga chiqarilishidan oldin yumshatilgan suv, qand qiyomi 
qo„shiladi va rang beriladi. Viskining o„tkirligi 45%; aroqdan farq qilib, 
tarkibida spirt yog„i ko„p bo„lganligidan ta‟mi juda o„tkir bo„ladi. Aroq va 
likyor-aroq mahsulotlarining sifati organoleptik usulda hamda ximiyaviy analiz 
yordamida baholanadi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlarining o„tkirligi 


115 
standartda belgilanganidek, tiniq, quyqasiz, begona ta‟m va hidlardan holi 
bo„lishi kerak.
O„tkirligi me‟yordan past bo„lgan ichimliklar savdoga chiqarilmaydi. 
shuningdek, tiniq bo„lmagan, tarkibida erimagan zarrachalari yoki quyqasi 
bo„lgan, begona ta‟m va hidli, yaxshi tiqinlanmagan, smolkasi shikastlangan, 
smolkadagi tamg„asi yaxshi ko„rinmaydigan, etiketkasiz yoki etiketkasi 
yirtilgan, to„la quyilmagan ichimliklar ham savdoga chiqarilmaydi. Butilkalar 
belgilangan shaklda, toza, darz ketmagan, og„zi
shikastlanmagan bo„lishi kerak.
Apoq 0,25; 0,5; 1 va 3 
l
sig„imli toza shisha butilkalarga quyiladi. 
“Stolichnaya”, “Moskovskaya osobaya” aroqlari quyilgan butilkalarning og„zi
oq pergament quyib, po„stloq tiqin bilan bekitiladi. “Moskovskaya osobaya” 
arog„ining butilkalari po„stloq qatlami metall qalpoqchalar bilan bekitiladi. 40% 
li aroq tsellofan qatlamli bir qavat karton va metall qalpoqcha bilan bekitiladi. 
Tiqin bilan bekitilgan butilkalar oq smolka qatlami bilan qoplanadi va zavod 
tamg„asi bosiladi. Karton tiqinli butilkalar zavod tamg„asi bosilgan qizil smolka 
bilan qoplanadi.
Damlamalar, nalivkalar va likyorlar 0,2; 0,25 va 0,5 l sig„imli butilkalari 
va shakldor idishlarga quyiladi. Butilkalar og„zi
po„stloq tiqin bilan 
mahkamlanadi. Aroq va likyor-aroq mahsulotlari omborlar va magazinlarda 
yashiklarga yotqizib taxlangan holda saqlanadi

Saqlash uchun ajratilgan xona 
quruq, qorong„i, yaxshi shamollaydigan, havosining harorati 5 dan 30°C gacha 
bo„lishi kerak.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə