106
konsistentsiyasi, yirik-maydaligi
va shaklining bir xilligi, pishganlik darajasi,
namakob sifati nazarda tutiladi.
Ziravor qo‘shib sirkalangan sabzavot va mevalar.
Ziravor qo„shib
sirkalash uchun sifati amaldagi standartga muvofiq keladigan turli sabzavotlar
ishlatiladi. Biror turdagi sabzavotni alohida sirkalash bilan birga,
turli
sabzavotni aralashtirib ham sirkalanadi. Tayyorlangan (yuvilgan, navlarga
ajratilgan va h.k.) sabzavot idishga joylanib, ustiga ziravop solingan sirkali suv
quyiladi. Ziravor
va sirkali suz tarkibiga sirka, shakar, ziravorlar (dolchin,
qalampir munchoq), sarimsoq piyoz, arpabodiyon, lavr yaprog„i kabilar kiradi.
Ziravor qo„shib sirkalangan sabzavotlar sal nordon pasterizatsiyalangan va
nordon
pasterizatsiyalangan xillarga, sifatiga qarab esa oliy va 1-navlarga
bo„linadi. Sirkalangan sabzavotlardan tashqari, sirkalangan meva-rezavorlar
ham tayyorlanadi. Ular ham alohida-alohida yoki aralash qilib sirka kislotasi,
shakar va ziravorlar qo„shib ishlab chiqariladi.
Sirkalangan meva-rezavorlar
pasterizatsiyalanib, sal nordon va nordon xillari tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: