O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov


a s s o rtime nti va s ifa tig a qo ‗yila dig a n ta la bla r



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

a s s o rtime nti va s ifa tig a qo ‗yila dig a n ta la bla r
 


102 
Meva 
va 
sabzavotlarning 
saqlanish 
muddatini 
uzaytirish, 
bu 
mahsulotlarning assortimentini (xilini) ko„paytirish maqsadida ular qayta 
ishlanadi: qoqi qilinadi, achitiladi, tuzlanadi, ziravor qo„shib sirkalanadi, bankali 
konservalar tayyorlanadi va h.k. 
Meva qoqilar. 
Qoqiga mo„ljallangan mevalar avval sifati va o„lchamiga 
qarab, navlarga ajrataladi, yuviladi, agar zarur bo„lsa, tozalab qirqiladi. Mevalar 
asralganda, ularning tabiiy rangi va chidamliligini saqlash uchun ular oltingugurt 
gaziga tutiladi. shundan keyin ular oftobda yoki quritgichlarda quritiladi. 
Quritish vaqtida meva tarkibidagi suvning ko„p qismi bug„lanib ketadi, buning 
natijasida qand va kislota kontsentra-tsiyasi ortadi. Bularning barchasi 
mikroorganizmlarning rivojlanishini susaytiradi va meva qoqisining uzoq 
saqlanishiga imkon beradi. Meva qoqisining namligi ularning turiga qarab, ko„pi 
bilan 17 - 24% dan oshmasligi lozim. 
Olma qoqi
quyidagi turlarga bo„linadi: 
-po„sti va o„zagi tozalanib, xalqa-xalqa qilib qirqilgan, oltingugurt 
gaziga tutilgan olma; 
-tozalanmagan (po„stli va o„zakli) xalqa-xalqa qilib qirqilgan yoki 
bo„lakchalarga bo„lingan va oltingugurt gaziga tutilgan olma; 
-tozalanmagan, bo„lakchalarga yoki xalqa qilib bo„lingan va oldindan 
namakoblangan olma; 
-tozalanmagan, xalqasimon qismlarga yoki ikkiga bo„lingan, oltingugurt 
gaziga tutilmagan va namakoblanmagan olma; 
-ipga tizilgan, tozalanmasdan, qismlarga yoki ikki bo„lingan va tutun 
bilan quritilgan olma; turli usullar bilan quritilgan butun yoki qirqib quritilgan 
yovvoyi olma.
Oltingugurt gaziga tutilgan va tozalangan olma qoqi oliy va 1-navlarga, 
tozalanmagan 1-va 2-navlarga bo„linadi, ipga tizib quritilgan va yovvoyi olma, 
qoqi navlarga ajratilmaydi. Navlarga ajratishda rang, ta‟m, hid, shakl, 
shuningdek, kuygan, maydalangan, kasallangan va hasharot tekkan qoqining 


103 
bor-yo„qligi, meva cho„pi, urug„i, barglari kabilar bilan ifloslangan-
ifloslanmaganligi nazarda tutiladi.
Nok qoqi -
nokning “Tonkovetka”, “Limonka”, “Ilinka”, “Bessemyanka” 
va boshqa navlaridan tayyorlanadi. Nok butunligicha yoki bo„laklarga bo„lib, 
tozalangan yoki tozalanmagan holda va o„zagi bilan quritiladi. Sifatiga 
qarab,nok qoqi 1-va 2-navlarga bo„linadi. Bunda ham olma qoqini navlarga 
bo„lishdagi ko„rsatkichlar asos qilib olinadi.
O‗rik qoqu
turshak, bargak va ashtar-pashtakka bo„linadi. Turshak 
danagi bilan quritilgan, oldindan oltingugurt gaziga tutilgan va tutilmagan 
o„rikdir. O„rikning pomologik naviga qarab, turshak quyidagi turlarga bo„linadi: 
Mirsanjeli, Subxani, Isfarak, Xurmoy, Boboi, Qandaki va Xashaki. Zavodda 
ishlov berilgan oltingugurt gaziga tutilgan turshak sifatiga qarab, oliy, 1-va 2-
navlarga, oltingugurt gaziga tutilmagan va zavodda qayta ishlanmagan turshak 
esa 1-va 2- navlarga bo„linadi.
Bargak danagi olinib, quritilgan o„rikdir. O„rikni tayyorlash va qayta 
ishlash usuliga qarab, qirqilgan va yorilgan, oltingugurt gaziga tutilgan va 
tutilmagan bo„ladi. Bargak ham xuddi turshak qilinadigan o„rikning pomologik 
navidan olinadi. Ashtar-pashtak quritishdan oldin danagi siqib chiqarilgan 
o„rikdir. U oltingugurt gaziga tutilgan va tutilmagan bo„lishi mumkin. 
Oltingugurt gaziga tutilgan, zavodda ishlov berilgan ashtar-pashtar va bargak 
oliy, 1- va 2-navlarga, oltingugurt gaziga tutilmagan va zavodda ishlov 
berilmagani esa 1- va 2-navlarga bo„linadi. Turshak, bargak va ashtar-pashtakni 
navlarga bo„lishda ularning shakli, rangi, yirik-maydaligi, toza-iflosligi, 
zaxalangan-zaxalanmaganligi, quritilish va bo„linish sifati asos qilib olinadi.
Olxo‗ri qoqi
vengerka va olxo„rining mahalliy navlaridan tayyorlanadi, 
qora dengiz qirog„oqlaridagi rayonlar va Abxaziyada etishtiriladigan 
vengerkadan ajoyib mahsulot - qora olxo„ri (chernosliv) olinadi. Olxo„ri qoqi 
sifatiga qarab, 1-va 2-navlarga bo„linadi. Navlarga ajratishda olxo„rining shakli, 


104 
rangi, yirik-maydaligi, etining qalin-yupqaligi, mevaning zaxasi ko„p-ozligi, 
toza-iflosligi va boshqa ko„rsatkichlari e‟tiborga olinadi.
Mayiz
uzumning maxsus quritiladigan, qandi ko„p, urug„siz yoki urug„i 
kam uzum navlaridan quritiladi. Rus tilida urug„siz mayiz kishmish, urug„li 
mayiz - izyum deb ataladi. Ampelografik
9
navi va ishlov berilish usuliga qarab, 
mayiz qo„yidagi turlarga bo„linadi; urug„siz navlar - Sabza, Bedona, Soyaki, 
shivirgoni; urug„lik navlar Malaga, Germiyon, Vassarga va Qora chillaki, Avlon 
(turli navli uzumlar aralashmasi).
Sifat ko„rsatkichlariga qarab, avlon navidan boshqa mayizlar navlarga 
ajratiladi: Sabza, Bedona, Soyaki, shivirgoni, Malaga va Germiyon-oliy, 1-va 2-
navlarga, Vassarga va Qora chillaki 1-va 2-navga ajratiladi. Navlarga bo„lishda 
rang, yirik-maydalik, namlik va boshqa ko„rsatkichlar asos qilib olinadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə