96
tozalangan bo„lishi lozim. Erta pishar karam boshining og„irligi kamida 0,4
kg,
o„rta va kechpishar esa 0,8
kg
kelishi, tashqi o„zagining uzunligi 3
sm
dan
oshmasligi lozim. Oqbosh karam tovar navlariga ajratilmaydi. Standart karam
boshida qo„yidagi nuqsonlar bo„lishi mumkin: qoplab turgan barglarining quruq
iflos bo„lishi, qoplagan uch qavat bargining zaxalangan bo„lishi, boshi va
o„zagining kemtik bo„lishi. Biroq bunday boshlar bir partiya karamda 5% dan
oshmasligi lozim.
Qizilbosh karam zangori-yashil tusdagi qizil-binafsha rangli va
barglarida mum changi bo„ladi. Bu karam boshi qattiq, bargi hiyla dag„al
bo„ladi. U yangiligicha va ziravor qo„shib, sirkalangan holda ishlatiladi.
Tuzlashga yaramaydi. Qizilbosh karamda 2%
atrofida oqsil moddalar, 3-4%
qand, mineral moddalar, vitaminlar, ayniqsa, S vitamini va karotin ko„p bo„ladi.
U kasallik va sovuqqa chidamli bo„lib, yaxshi saqlanadi, zararkunandalar kam
tushadi.
Eng yaxshi xo„jalik-botanik navlari Kamennaya golovka,
Zenit va
boshqalardi. Savoy karami g„ijim-g„ijim,
burmali, oqbosh karamdan ko„ra
mayinroq bargli bo„ladi, ular bir-biriga zich yopishmay, g„ovak karam boshi
hosil qiladi. Bu karam tuzlashga yaramaydi, u qaynatib, qovurib va dimlab
ishlatiladi. Savoy karamida 3%
dan ortiq oqsil moddalar, o„rtacha 3,7% qand,
0,83% kul, S vitamini oqbosh karamga nisbatan 1,5-2 barobar ko„p; bundan
tashqari, A va RR vitaminlari ham bo„ladi. Vertyu, Venskiy va boshqa navlar
eng yaxshi navlar hisoblanadi.
Bryussel karami
boshqa turdagi karamlardan farqli o„laroq, ko„p
boshlidir. Mayda boshchalar uzunligi 80 - 100
sm
li ildizpoyasida joylashgan
bo„lib, ular uzun bandli barglar chuqurchasida bog„lanadi. Boshchalarning soni
30 dan 90 donagacha bo„lib, naviga qarab ular turli o„lchamda (diametri 2 dan 6-
8
sm
gacha) va turli shaklda (oval, yuraksimon yoki yumaloq) bo„ladi.
Boshchalarning bargida 3-4% oqsil, 3,5-4% qand, S vitamini va boshqa
vitaminlar oqbosh karamga qaraganda 3-4 barobar ko„p bo„ladi.
U qaynatilgan
97
holda ishlatiladi, ziravor qo„shib sirkalanadi va quritiladi. Bu karamning eng
yaxshi navi “Gerkules” nomli navdir.
Gulkaram
oziq moddalarga ancha boy va ta‟mi, mazaliligi bilan
qimmatlidir. Gulkaramning eyiladigan qismi boshcha deb nomlanadigan gul
bo„lib hali ochilmagan qismidir. Unda taxminan 3-3,5% oqsil, 2-2,5% qand,
ko„p miqdorda kaltsiy, fosfor va temir bo„lib, S, A, V vitaminlariga boy.
Gulkaramda
kletchatka kam, shu tufayli kishi organizmiga oson hazm bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: