O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Yong‘oq mevalar.
Yong„oq mevalar guruhiga yong„oq, o„rmon va kedr 
yong„oqlari, funduk, bodom, pista, er yong„oq va kashtan kiradi. Mevalardan 
farqli o„laroq, yong„oqning po„chog„i qalin, oqsil (10-25%) va yog„ (30-70%) 
ko„p bo„ladi. yong„oq mag„zi shirin va o„ta to„yimlidir. yong„oq
O„rta Osiyo, 
Kavkaz, Qrim va Moldaviyada o„sadi. 1 
kg 
yong„oqning kaloriyaliligi 8500 
kkal
Uning mag„zi bevosita ovqatga ishlatiladi, konfetlarning ustiga sepiladi, 
shuningdek, xolva, karamel nachinkasi va turli sharq shirinliklari tayyorlashda 
ham ishlatiladi. Xom yong„oqdan (po„chog„i hosil bo„lmasdan) murabbo 
qaynatiladi.
Yong„oq sentyabr - oqtyabr oylarida pishadi. Bu davrda uning tashqi 
qobig„i tusha boshlaydi. yong„oqning shakli, po„chog„ining
kattaligi va qalinligi 
faqat o„simlikning turiga emas, balki ob-havo sharoitiga ham bog„liq. Masalan, 
qurg„oqchilik yillarida yong„oq, odatda, mayda bo„ladi. yong„oq mevasi yirik, 
o„rta yoki mayda, qalin yoki yupqa puchoqli bo„ladi. Yirik va po„chog„i yupqa 
yong„oq eng yaxshi hisoblanadi, chunki uning mag„zi barakali bo„ladi. yong„oq
mag„zi oqish-sariq, jigar rang yoki qoramtir po„st bilan qoplangan bo„ladi. Po„sti 
oqish yong„oq yaxshi sanaladi.
Yong„oq
sifatiga ko„ra, oliy, 1-va 2-navlarga bo„linadi, navlar quyidagi 
ko„rsatkichlarga: tashqi ko„rinishi, po„chog„ining rangi va tuzilishi; mag„zining 
rangi, ta‟mi va hidi; yong„oqning katta-kichikligi, quruq po„choqli va dog„li
qobiqli yong„oqlarning bor-yo„qligi, taxir, hasharotlar tekkan-tegmagani va 
puch yong„oqlar bor-yo„qligi, begona aralashmalar qanchalik qo„shilganligiga 
qarab belgilanadi.
Funduk
o„rmon yong„og„ining madaniy shaklidir. U Ozarbayjon
Gruziya, Qrim va Krasnodar o„lkasida ko„p o„stiriladi. Bu yong„oq o„rmon 
yong„og„iga qaraganda yirikroq, puchog„i xiyla yupqa, deyarli mag„zi bilan 


91 
to„da bo„ladi. Fundukning mag„zi yuqori kaloriyalidir. Qandolat sanoatida va 
tabiiyligicha ishlatiladi. Sifatiga ko„ra funduk oliy, 1-va 2-navlarga bo„linadi. 
Krimskiy funduk yoki Trapezund, Badem, Kerasund, Kudryavchik va 
Abxazskiy nav funduklar keng tarqalgan.
Bodom 
O„rta Osiyo, Zakavkaze, Qrimda o„sadi. U ikki xil: shirin va 
achchiq bo„ladi; shirin xili bevosita oziq-ovqatga va bodomli pechene, tort, 
pirojniy tayyorlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bodom cho„ziqroq yoki 
yalpoq shaklli, yirik va mayda, yupqa po„choqli va qalin po„choqli bo„ ladi. 
Uning mag„zi oq, ta‟mi yoqimli, salgina xushbo„ydir. Bodom savdoga po„chog„i 
bilan va po„chog„i tozalangan holda chiqariladi. Sifatiga ko„ra bodom 1-va 2-
navlarga bo„linadi. Achchiq bodom ovqatga ishlatilmaydi, chunki unda 
zaharlovchi modda - omigdamin bor. Undan attorlik va ximiya sanoatida 
foydalaniladi.
Pista
yovvoyi holda O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Qrim va 
Moldaviyada o„sadi. Ozarbayjonda ham bir oz o„stirilmoqda. Pistaning qattiq, 
ikki pallali po„chog„i bo„lib, ichiga yashil-binafsha rang shirin ta‟mli mag„zi 
joylashgan. Yaxshi pishgan pistaning po„chog„i zehidan yorilib, mag„zining bir 
uchi ochiladi. Pishgan-u ochilmagan xillari ham bo„ladi, bu xili sifatli 
hisoblanmaydi, chunki uning mag„zini ajratish qiyin. Pista mag„zi qandolat 
sanoati va kolbasa ishlab chiqarishda ko„p ishlatiladi. Sara pista yirik, toza, 
hasharot tegmagan sal achchiq po„choqli bo„ladi.
Araxis
(er yong„oq) O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Ukraina, 
Uzoq sharqda o„stiriladi. yong„oq
tuproq ostida pishib etiladi, keyin kavlab 
olinadi, yuviladi va quritiladi. Er yong„oq mevasi burchoq (dukkak) dan iborat 
bo„lib, bir yoki bir necha bog„lamli, bittadan to„rttagacha urug„i bo„ladi. 
Mevaning qobig„i mo„rt, sariq rangli, sirti to„rsimon, doni oson ajraladigan 
jigarrang qobiq bilan qoplangan bo„ladi. Er yong„oqda 27-28% azot, 44-45% 
yog„ va boshqa qimmatli moddalar bor. Qovrilgan er yong„oq iste‟mol qilinadi, 


92 
shuningdek, yog„, xolva va ba‟zi bir qandolat mahsulotlari (tort, pirojniy) 
tayyorlashda foydalaniladi. Er yong„oq navlarga ajratilmaydi.
Kedr yong‗og‗i - 
kedr bujurining urug„i (yong„oqchasi)dir. Sibir, Uzoq 
sharq va Uralda ko„plab tayyorlanadi. Mag„zida yog„ ko„p (62-63%), oqsil ham 
(16-18%), u xomligicha, ovqat yog„i va texnika moyi hamda o„simlik suti ishlab 
chiqarishda ishlatiladi.
Mevalar quruq, toza va hidsiz yashik, g„alvir va savatlarga joylanadi. 
Uzoq saqlashga mo„ljallangan mevalar pomologik va tovarlik navlari hamda 
yirik-maydaligi va pishib etilish darajasiga qarab, navlarga ajratilgan bo„lishi 
lozim. Olma solinadigan yashikning sig„imi18-30 
kg,
nokniki 8-15 
kg,
g„alvirning sig„imi
10 
kg
bo„ladi. Har turli idishga pomologik va tovarlik navi 
bir xil va bir o„lchamdagi mevalar diagonal bo„yicha qatorlab, shaxmat tartibida 
yoki to„kib solinadi. Olma va nokning yaxshi navlari ko„pincha yupqa qog„ozga 
o„raladi, qolgan navlar uchun kogoz
to„shaladi, osti va ustiga yupqa qatlam qilib, 
yog„och qirindisi yoki boshqa shu kabi material solinadi. Olcha va gilos 6 
kg
lik 
g„alvir yoki savatlarga joylanadi. /alvir juft-juft qilib bog„lanadi. shaftoli sig„imi
12 
kg
va o„rik sig„imi

kg
gacha bo„lgan yog„och yashiklar va 6 
kg
lik g„alvirga 
solinadi; yirik o„rik yashik yoki g„alvirga qator qilib teriladi.
Saqlanish
davomida mevalarda pishib etilish, o„ziga havo singdirish va 
bug„lanish jarayonlari yuz beradi. Bu jarayon qanchalik tez o„tsa, meva 
shunchalik tez buziladi. Bu jarayonlar, ularning intensivligini susaytirish, 
mikroorganizmlarning rivojlanishini sekinlatish uchun mevalar saqlanadigan 
binodagi haroratni 0 dan 3°C gacha va havoning nisbiy namligini 85 dan 95% 
gacha saqlash kerak.
Rezavor mevalarni quyosh nuri bevosita tushmaydigan salqin binolarda 
1 dan 8
0
C gacha bo„lgan haroratda saqlash maqsadga muvofiqdir. Mevalar 
maxsus binolarda, muzlatgich, erto„la va yarim erto„lalarda saqlanadi. Barcha 
turdagi meva saqlash binolari yaxshi jihozlangan, vaqtida remont qilingan
yaxshilab tozalangan, dezinfektsiyalangan bo„lishi lozim. Ularda o„zgarmas, 


93 
harorat va zarur nisbiy namlik saqlanishi zarur. Urug„li mevalar (olma, nok, behi 
kabilar) va xurmo uchun tabiiy kamayish me‟yori yil fasliga shu joyning iqlim 
sharoitiga qarab, 0,5-1,2%, danakli mevalar uchun 0,7-1,3%, rezavor mevalar 
(zemlyanika, malina) uchun 1,4-2,4%, ho„l va muzlatilgan yovvoyi rezavorlar 
(klyukva, brusnika kabilar) uchun 0,7-0,8% belgilangan.


94 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə