83
Olcha
mevasi yumaloq, ovalsimon, yapaloq, sholg„omsimon
va
noksimon shaklda, po„stining rangi-pushti, qizil, to„q qizil va qariyb qora
bo„ladi, sharbati rangsiz va och qizil, qizil, to„q qizil, danagi yirik, o„rta va
maydadir. Eng keng tarqalgan rangli sharbatli navlarga Vladimirskiy
(Roditeleva), Lyubskiy, Lotoviy
va boshqa ayrim turlari; sharbati rangsiz
navlarga Krasa Severa, Sklyanka rozoviy kabilar kiradi.
O‗rik
janubiy rayonlarda o„stiriladi. Uning pishish davri taxminan bir
yarim oy (mayning oxiridan iyulgacha) davom etadi. O„rikning turli navlarida 5
dan 17% gacha qand, 0,3 dan 2,6% gacha kislota, vitamin, mineral, pektin va
boshqa moddalar mavjud. O„rikning mevasi yumaloq
yoki tuxumsimon shaklli,
sariq, qo„ng„ir yoki qizg„ish
rangli, silliq yoki botiqroq po„stli, qumoq-qumoq
yoki sersuv etli bo„ladi.
Nimaga mo„ljallanganligiga qarab, o„rik navlari xo„raki, qoqibop va
konservabop turlarga bo„linadi. Xo„raki va konservabop o„riklarning Ananas,
Ambroziya, Krasnoshchekiy navlari eng yaxshi hisoblanadi. Qoqibop navlarga
Biboy, Xurmai, Isfarak, Mirsanjeli, Qandak o„riklar kiradi.
Shaftoli
O„rta Osiyo respublikalarida, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya,
Moldaviya, Ukrainaning janubiy rayonlarida o„sadi. shaftolida o„rta hisobda 7 -
9% qand, 0,5 - 1% organik kislotalar, pektin, oshlovchi va boshqa moddalar bor;
mevasi g„oyat
xushta‟m bo„ladi. U tabiiy holida iste‟mol qilinadi. Kompot,
qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi,
shuningdek, qoqi qilinadi.
shaftoli mevasi sersuv etli, danagi juda qattiq va qalin po„stli, ilonizi
bujurli bo„ladi. Mevasi yumaloq yoki ovalsimon shaklli va palla izli bo„ladi.
shaftolining po„sti naviga qarab, tukli yoki silliq (luchchak), rangi sariq-
yashildan qonsimon qizilgacha, etining rangi sarg„ishdan qizilgacha bo„lib,
odatda, danagiga tomon qizillik orta boradi. Tukli va
luchchak shaftolining turli
navlari danagining etidan ajralgan-ajralmaganligi bilan ham farq qilinadi. Ba‟zi
nav shaftolilarning danagi oson ajraladi, ayrimlariniki esa aksincha. Ananas,
Omsden, Salvey, Sovetskiy, Elberta va Nikitinskiy navlari mashhur navlardir.
84
Jiyda
Janubiy Evropa, Osiyo, Amerikada o„sadigan daraxtlar (butalar)
mevasidir. O„rta Osiyo respublikalarida, asosan, O„zbekiston bilan Qirgiziston,
shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziyada keng tarqalgan. Jiydaning
bir necha o„nlab
turi bor; vostochniy serebristiy, xo„raki navlar shular
jumlasidandir. O„zbekistonda non jiyda ko„p tarqalgan bo„lib, uning mevasi
seret, juda shirin bo„ladi. Jiyda mevasining danagi qalin, quruq unsimon shirin et
bilan qoplangan. Mevasi oval yoki tsilindrsimon shaklda, o„lchami 1 - 4
sm,
mevaning rangi sariq, qo„ng„ir, qizil, och jigar rang.
Danagi ovalsimon yoki
cho„ziqroq o„tkir uchli bo„ladi.
Jiydaning eti juda to„yimli bo„lib, unda 10 - 0,5% suv, 50 - 5% qand,
10% ga yaqin azot moddalar, 1% ga yaqin yog„, 2-2,5% mineral moddalar, 11-
12% kletchatka, 1-1,5% kraxmal, 1,4-3,3% kislota, S vitamini va boshqalar bor.
Yaxshi pishgan jiyda mevasi daraxtning o„zidayoq quriydi, shu sababli u yaxshi
saqlanadi. Yaxshi jiydaning po„sti silliq, yaltiroq, unsimon, eti shirin bo„ladi.
Jiyda quruq xonada saqlanadi, chunki zax xona
yoki nam idishda saqlangan
jiydaning po„sti qurishib, yaltiroqligi yo„qoladi, eti dimiqib, ko„pincha
mog„orlaydi.
Dostları ilə paylaş: