O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Urug‗li mevalar. 
Urug„li mevalarga olma, nok, behi shuningdek, 
ryabina, do„lana, mushmulla (noksimon meva) kiradi. Urug„li meva po„st, 
mag„iz va urug„ uyasidan iborat. 
Olma
xiyla to„yimlilik qimmatiga ega, chunki 
unda 7 dan 15% gacha qand, 0,2 dan 0,8% gacha organik kislotalar, 0,2 dan 
0,8% gacha mineral moddalar. A, V, S vitaminlari, oshlovchi va pektin 
moddalar bo„ladi. Olma tabiiy iste‟mol qilinishidan tashqari undan sharbat, vino 
va qoqi olish uchun, qandolat ishlab chiqarishida ham foydalaniladi.
Olmaning pomologik
6
navi ko„p. Ular bir-biridan shakli, yirik-maydaligi 
(yirik, o„rtacha, mayda), etining tuzilishi, o„zagining katta-kichikligi (yirik, 
o„rta, mayda), kosachasining tuzilishi (ochiq, yopiq), po„stining qalin-yupqaligi, 
mevasi va etining rangi, ta‟mi va xushbo„yligi bilan farq qiladi. yozgi olma iyul-
avgust oylarida pishadi, ular 10-20 kun saqlanadi. Ularga Beliy naliv (paxta 
olma), Moskovskaya grushovka va boshqalar kiradi.
Nok
, asosan, mamlakatimizning janubiy rayonlarida o„stiriladi, uning 
tovarlik ahamiyati olmaga qaraganda xiyla kam. Nokda qand (6 dan 14% 
gacha), kislota, oshlovchi modda, pektin, mineral va xushbo„y moddalar hamda 
S vitamini bor. Nok yumaloq ovalsimon, qo„ng„iroqsimon yoki konussimon 
6
Pomologiya —
mevali ekinlar navi haqidagi fan. 


82 
shakllarda bo„ladi. Nok yirik, o„rta yoki mayda, yashil, sariq yoki bir yog„i qizil, 
yo qizilsiz, xira jigar rangda bo„ladi. Nokning eti yirik qumoq-qumoq yoki 
mayda qumoq-qumoq, sersuv, eruvchi, zich, dag„al g„ovak (mayin), sariq, oq 
yoki yashilroq rangda, o„zagi katta, o„rtacha yoki kichik bo„lishi mumkin.
Behi
issiqsevar mevali o„simliklardan bo„lib, u Ozarbayjon, Armaniston, 
Gruziya, shimoliy Kavkaz, O„rta Osiyo, Moldaviya, Qrim va boshqa janubiy 
rayonlarida o„stiriladi. Behida ko„p miqdorda qand (5 dan 12% gacha), kislotalar 
(0,2 dan 1,5% gacha), pektin, oshlovchi, mineral va boshqa moddalar bo„ladi. 
Mevasi noksimon yoki olmasimon shaklda bo„lib, o„tkir xushbo„y hidlidir. 
Behining eti tupday, qattiq va turush (tish qamashtiradigan), shu sababli u tabiiy 
holida kamdan-kam iste‟mol qilinadi. Behidan murabbo, marmelad, jele, 
kompot tayyorlanadi; u likyor-aroq, mahsulotlari tayyorlashda ham ishlatiladi. 
Sifatiga qarab behi 1-va 2-navlarga bo„linadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə