O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

 
Qovoqsimon sabzavotlar. 
Bularga bodring, tarvuz, qovun, qovoq kabilar 
kiradi. 
Bodring,
asosan ta‟mlilik qimmati bilan manzur, chunki uning oziqlik 
qimmati baland emas (uning 95% i suv). Bodring xomligicha, tuzlab va 
konserva qilib eyiladi. Ekish usuliga qarab, bodring erda, issiqxonada 
o„stiriladigan; rangiga qarab, och yashil, yashil va to„q, yashil, oq, taram-taram 
yoki taramsiz; sirtining xarakteri jihatidan g„adir-budur va silliq. G„adir-budur 


99 
bodring silliq bodringdan ko„ra yaxshi tuzlanadi va achish davomida hosil 
bo„ladigan sut kislotasini ko„proq shimadi.
Pishish muddatiga ko„ra ertapishar (40-45 kun), o„rtapishar (55 kun) va 
kechki navlarga bo„linadi. Ertagi bodringning uzunligi, 9 
sm
dan, o„rtapishar va 
kechki bodringlarning uzunligi esa 12 
sm
(diametri 6 
sm),
dan oshmaydi. 
Konservalashga mo„ljallangan bodring uzunligiga qarab: pikuliga 3-5 
sm,
1 - 
guruh kornishonga 5,1-70 sm va II guruh kornishonga 7,1-9,0 s
m
hamda 
zelenetsga - ko„pi bilan 12 
sm. 
ga (diametri ko„pi bilan 5 
sm)
bo„linadi. 
Xomligicha eyish, tuzlash hamda konservalash uchun mayda va o„rtacha 
yiriklikdagi bodringlarni ishlatish ma‟kul, chunki ular yosh, eti zich va urug„i 
pishib etmagan - yumshoq bo„ladi. Bodringning eng keng tarqalgan xo„jalik-
botanik navlari, “Muromskiy”, “Vyaznikovskiy”, “Nejinskiy”, “Nerosimiy”, 
“Borshagovskiy” va boshqalardir.
Tarvuz
iste‟mol o„rniga ko„ra ovqatbop, xashaki va tsukat xillarga 
bo„linadi. Ovqatbop tarvuzda 6-8% qand, S vitamini va boshqa moddalar 
bo„ladi, eti mayin, ta‟mi shirin. Tarvuz tabiiyligicha va tuzlab ham eyiladi. 
Undan tarvuz asali (nardek) va vino tayyorlanadi. Tarvuz yumaloq yoki, 
ovalsimon shaklda, yashil yoki to„q yashil rangli, taram-taram va taramsiz, 
po„chog„i yupqa, o„rtacha va qalin (0,4 
sm
dan 2,5 
sm
gacha), o„lchami yirik, 
o„rtacha va mayda bo„ladi. Qalin po„choqli tarvuzning chiqiti ko„p bo„lsa-da, 
tashish va uzoq saqlash uchun yaxshi hisoblanadi. Tarvuzning eti g„ovak yoki 
zich, mayda donali, yirik donali yoki tola-tola tuzilishda, sersuv, kamsuv yoki 
quruq konsistentsiyali; etining rangi sariq, pushti qizil va och qizil bo„ladi.
Tarvuzning bir qancha navlari ichida “Astraxanskiy polosato„y”, 
“Murashka”, 
“Lyubimets 
xutora 
Pyatigorska”, 
“Biryuchekutskiy”, 
“Ajinovskiy”, “Kro„mskiy pobeditel” navlari eng yaxshi navlar hisoblanadi. 
Ularning eti sersuv, mayda donali, mayin, qip-qizil rangli bo„ladi. Standart 
talablariga ko„ra tarvuz sog„,
yangi uzilgan, toza, to„g„ri yoki noto„g„ri shaklli 
bo„lsa-da, qing„ir-qiyshiq bo„lmasligi, pishib o„tib ketmagan, qizil yoki pushti 


100 
rangli bo„lishi lozim. Tarvuzning o„lchami ko„ndalang diametri kamida 15 
sm
bo„lishi kerak. Bir partiyada qing„ir-qiyshiq (notekis shaklli) qirilgan, sal ezilgan 
tarvuzlar 8% dan oshmasligi lozim, jumladan xomroq va o„ta pishib ketgan 
tarvuzlar ko„pi bilan 3% bo„lishi mumkin.
Qovun
seret, yirik, o„rta yoki mayda o„lchamli, tuxumsimon, yumaloq 
yoki tsilindrsimon shaklli, silliq, to„r-to„r yoki qovurg„asimon sirtli, rangi sariq, 
qo„ng„ir yoki jigar rang. Etilish darajasiga qarab, qovun pishgan va xomroq 
xillarga bo„linadi. Qovun eti oq, sariq, pushti yoki sal yashil rangli; unsimon 
yoki zich tuzilishli; ta‟mi shirin va yoqimli, sal yoki o„ta xushbo„y. Qovunda 
13% qand, S vitamini, mineral moddalar, kislota, xushbo„y rang beruvchi va 
boshqa foydali moddalar bo„ladi. Qovun tabiiyligicha iste‟mol qilinadi va undan 
qovun qoqi, qovun asali, tsukat, povidlo, murabbo tayyorlanadi. “Golubi”, 
“Kolxoznitsa”, “Dubovka”, “Zimovka”, “Qo„ybosh”, “Nesravnenniy” navlari 
keng tarqalgan.
Qovun yangi uzilgan, butun, sog„,
turli shaklda, tekis, har qaysi navning 
o„z rangida bo„lishi lozim. Mevaning o„lchami ko„ndalang kesim diametri 
ertapishar va mayda qovun uchun kamida 10 
sm,
o„rta va kechpishar (kuzgi) 
qovunlar uchun (yumaloq va ovalsimon shaklli) kamida 15 
sm
bo„ladi. Pishgan 
qovun sersuv, mayin, etli va etilgan, urug„i oson ajraladigan bo„lishi lozim. 
Xomroq qovunning eti zichroq va kamsuvroq, urug„i pishib etilmagan va uning 
etidan ko„chishi qiyin bo„ladi. Bir partiyada qirilgan, ezilgan, o„lchamiga to„g„ri 
kelmaydigan qovun ko„pi bilan 5% bo„lishi mumkin. Qovunning emishbop va 
xashaki navlari etishtiriladi.
Ovqatbop qovoq yirik, o„rta yoki mayda, sharsimon, yapaloq, 
tsilindrsimon yoki tuxumsimon shaklda bo„ladi. Ularning po„sti yupqa yoki 
qalin, to„rsimon yoki qovurg„asimon sirtli, oq kul rang, sariq, qo„ng„ir yoki qizil 
tusli. Pishish muddatiga qarab, qovoq navlari ertagi, o„rta va kechki navlarga 
bo„linadi. Qovoq yorib, qaynatib, qovurib iste‟mol qilinadi va qandolat ishlab 
chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.


101 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə