O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Tomatbop sabzavotlar. 
Tomatbop sabzavotlarga pomidor, baqalajon va 
garmdori kiradi. 
Pomidor
ta‟mliligi va to„yimliligi bilan qimmatli sabzavot 
hisoblanadi. Unda S, V vitaminlari, karotin ko„p. 2,6% dan 3,7% gacha qand, 
0,5% ga yaqin organik kislotalar, mineral moddalar va oqsillar bor. U ovqatga 
tabiiyligicha, tuzlab va konserva qilib ishlatiladi, konserva sanoatida tomat suvi
tomat-pyure, tomat pastasi tayyorlashda va bankali konservalar ishlab 
chiqarishda ishlatiladi.
Pomidorning mevasi yumaloq, ovalsimon, yapaloq, tuxumsimon yoki 
cho„ziqroq shaklli, silliq yoki qovurg„asimon sirtli bo„ladi. Mevaning ichi 
alohida-alohida xonalarga bo„lingan bo„lib, unda urug„i joylashgan bo„ladi. 
Xonalari va urug„i qancha kam bo„lsa, pomidorning navi shunchalik yaxshi 
hisoblanadi. Yirik-maydaligiga qarab, pomidor yirik, o„rta va mayda, pishgan 
mevasining rangiga ko„ra turli tusdagi oq, sariq, qo„ng„ir va qizil turlarga 
bo„linadi. Pishish muddati jihatidan pomidor navlari ertagi (110-120 kun), o„rta 
(125-130 kun), kechki (130 kundan ko„p) bo„ladi. Eng ko„p tarqalgan pomidor 
navlari “Bizon”, “Budyonnovka” “Chudo ro„nka”, “Mayak”, “Gumbert”, 
“Planoviy” va boshqa ayrim navlardir.
Yangi pomidor tovarlik navlariga bo„linmaydi. Pomidor faqat qizil va 
pushti rang olib etilgan holdagina tarqatiladi (sotiladi). Savdoga tushadigan 
pomidor yangi terilgan, sog„,
butun, toza, zaxalanmagan va oftob urmagan, keng 
ko„ndalang diametri kamida 4 
sm
bo„lishi lozim. Sotiladigan pomidorlar orasiga 
quruq dog„i borlari qo„shilishi mumkin-u, biroq bunday pomidorlar 15% dan 
oshmasligi kerak. Pomidor tayyorlaydigan rayonlarda iste‟molga jo„natishda 
pishar-pishmas pomidorlar butun mahsulot og„irligiga nisbatan 5% dan 
oshmasligi lozim.
 
4 . 3 . Q a yta is hla ng a n me va va s a bza vo tla r, ula rning

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə