O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. N. Samadov, O. S. Jumanov



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/243
tarix30.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#164763
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   243
Tovarshunoslik TDIU

Subtropik va tropik mevalar

Subtropik - tsitrus mevalarga anjir, anor, 
xurmo; tropik mevalarga banan, ananas, xurmo kiradi. Subtropik mevalar 


87 
Zakavkaze respublikalari, O„rta Osiyo, Qrimda etishtiriladi, tropik mevalar esa 
bizning mamlakatimizda o„smaydi.
Tsitrus ekinlarga apelsin, mandarin, limon va greyfrutlar kiradi. Ularning 
hammasi juda mazali bo„lib, qand moddasi (3 dan 9% gacha), kislota (1 dan 6% 
gacha), pektin, shuningdek, mineral moddalar (kaltsiy, fosfor kabi) ko„p, S 
vitamini va undan birmuncha kamroq V, R va A vitaminlari bor. Tsitrus mevalar 
tabiiy holicha iste‟mol qilinadi. Ulardan sharbat, murabbo, jele, tsukat, konserva 
(bankada), limon kislotasi, pektin tayyorlanadi, ular likyor-aroq mahsulotlari 
ishlab chiqarishda ham ko„p ishlatiladi; po„stidan qandolat va attorlik sanoati 
uchun qimmatbaho, xushbo„y efir moyi olinadi.
Apelsin
mevasining 
tuzilishi 
tekis 
Pupochniy, 
Korolyok 
nav 
apelsinlarning eti yumshoq va po„sti qizg„ish
bo„ladi. Barcha turdagi apelsinlar 
tuzilishi va po„stining qalinligiga qarab, qalin va yupqa po„stli, shakliga ko„ra, 
yumaloq va ovalsimon; urug„ining bor-yo„qligi jihatidan urug„li va urug„siz; 
pishish muddatiga qarab, ertagi va kechki; yirik-maydaligi jihatidan yirik va 
o„rtacha xillarga bo„linadi. Mevaning eti sersuv, shirin yoki nordon ta‟mli; 9-13 
tilimchadan iborat. Suxumskiy, Pupochniy, Korolyok, Yaffiyskiy, Vashington-
naveli apelsinlari eng yaxshi navlardir.
Savdoga chiqariladigan apelsin yangi va sog„,
qo„ng„ir yoki och qo„ng„ir 
rangli, kasallanmagan bo„lishi lozim; yirik-maydaligi jihatidan mevaning 
kundalang diametri kamida 50 
mm
bo„lishi kerak. Ko„kimtirroq, sal jigar rang 
dog„i
bor, tikin kasali tekkan, kulli zamburug„cha
7
izi bo„lgan va boshqa 
nuqsonli apelsinlarni ham sotish mumkin, lekin mazkur g„uborlarning darajasi 
standart bilan cheklanadi. Apelsin tovar navlariga bo„linmaydi.
Mandarinning
mevasi yassi sharsimon yoki sharsimon shaklda; qo„ng„ir 
yoki to„q qo„ng„ir rangli, eti sersuv, 9-12 tilimchadan iborat, shirin yoki nordon 
ta‟mli, xushbo„y hidli, urug„lik yoki urug„siz bo„ladi. Sarxil mandarin bo„lik, 
o„ziga xos rangli, zaxa emagan va kasallanmagan, kundalang diametri kamida 
7
Kulli zamburug‘—
mevada uchraydigan kasallik bo‟lib, mevaning sirtida qora tus paydo bo‟ladi. 


88 
38 
mm
bo„ladi. Bo„shroq, lekin shishmagan, sal ko„kish, jigar rang dog„li
va 
ba‟zi boshqa nuqsonli mandarinlarni ham sotish mumkin. Mandarin tovar 
navlariga bo„linmaydi.
Limon uch
guruhga bo„linadi: nordon (haqiqiy, tipik), nordonroq va 
chuchuk. Nordon limon ko„p etishtiriladi. Limonlar: shakliga ko„ra ovalsimon 
va tuxumsimon, ba‟zan yumaloq; urug„i bor-yo„qligiga qarab-urug„li va 
urug„siz; po„stining tuzilishiga ko„ra silliq va g„adir-budur bo„ladi. Limonning 
eti qumoq-qumoq, och sariq rangli, sersuv, 7-13 ta tilimchadan iborat. Yangi 
sara limon sog„,
silliq yoki g„adir-budir sirtli, to„g„ri shaklli, och yashil, och 
sariq yoki sariq rangli, zaxasiz va kasallanmagan limonlardir. Bunday 
mevalarning kundalang diametri kamida 42 
mm
bo„ladi.
Sal zaxali, shuningdek, to„rlagan, kulli zamburug„ tushgan limonlarni 
sotish mumkin. Bunday nuqsonlar standart bilan cheklanadi. Limon tovar 
navlariga bo„linmaydi. U mevasining eng yo„g„on qismi kundalang diametriga 
qarab besh guruhga bo„linadi: 
1) 70 
mm
va undan ortiq; 
2) 70 mm
dan 60 
mm
gacha; 3) 60 
mm
dan 51 
mm
gacha; 4) 51 
mm
dan 45 
mm. 
gacha va 5) 45 
mm
dan 32 
mm 
gacha.
Anjir
seret, yumaloq, yassi yoki noksimon shakllarda bo„ladi. 
Mevasining po„sti mayin yoki dag„al, sariq, qizg„ish
yoki to„q binafsha rangli; 
anjirning eti sersuv va juda shirin. Yangi anjirda 13% qand, anchagina miqdorda 
temir va kaltsiy tuzlari, ko„pgina karotin va S vitamini bor. Tarkibiga ko„ra, 
anjir mevasi faqat to„yimligina emas, shifobaxsh xususiyatga ham ega. Uni 
me‟da va kamqonlilik kasaliga uchragan kishilar iste‟mol qilishi tavsiya etiladi. 
Anjirdan murabbo, povidlo, jem tayyorlanadi, lekin u asosan, qoqi qilinadi. 
Qoqisi maydalanib, kofeli ichimliklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Anjir tez 
buziladi, uni bir kundan ortiq saqlab bo„lmaydi.
Anor
sharsimon shaklli, qizil yoki sariq rangli, qattiq po„st bilan 
qoplangan. Mevaning ichi uyachalarga bo„lingan bo„lib, unga yoqimli achchiq-
chuchuk ta‟mli sersuv et bilan o„ralgan urug„i joylashgan. Anor etining tarkibida 


89 
o„rtacha 10-15% qand, 3-4% kislotalar. S, A vitaminlari va boshqa moddalar 
bor. Anor tabiiyligicha eyiladi, shuningdek, sharbat, sirop, morojniy, spirtsiz 
ichimliklar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Anor suvi 
tashnalikni qondiradi, ovqat hazm bo„lishini yaxshilaydi va ishtaxani ochadi, 
shuningdek, shifobaxshlik xususiyatlariga ham ega. Anor mevasi 0-6°C 
haroratda 6 oygacha yaxshi saqlanadi.
Xurmo
to„yimli va shirin meva. Pishgan xurmoda 14 dan 24% gacha 
qand, asosan, glyukoza va fruktoza bor, u kislotasi kamligi va S vitaminiga 
boyligi bilan barcha mevalardan farq qiladi. Bu mevaning tarkibida karotin va 
temir birikmasi ham bor. Oshlovchi moddalar ko„p bo„lganligi uchun yaxshi 
pishmagan xurmoning ta‟mi nordon va tish qamashtiradigan bo„ladi. Xurmo 
mevasining og„irligi 100 dan 500 
g
gacha, shakli xilma-xil; po„sti och sariq
sarg„ish-qizil yoki qizil rangli; sersuv va shirin, eti sariq, to„q qizil yoki qoramtir 
rangli, jelesimon konsistentsiyali. Xurmo tabiiyligicha va konserva holida iste‟-
mol qilinadi. U uzoq saqlanmaydi, shu sababli tez iste‟molga chiqariladi, uzoq 
saqlashga mo„ljallangan xurmo muzlatiladi.
Banan
tropik iqlimli mamlakatlardan keltiriladi. Bananning mevasi 15-
20 
sm
uzunlikda, loviyasimon shaklda, qobirg„asimon sirtli, somon rangli sariq, 
unsimon mayda, shirin va xushbo„y eti po„stidan oson ajraladi, mevada 20% 
gacha qand bo„ladi. Banan tabiiyligicha eyiladi.
Ananas
ham banan singari tropik iqlimli mamlakatlardan keltiriladi. 
Mevasining eti sersuv, sariq qo„ng„ir rangli, nordon ta‟mli, o„ta xushbo„y, 
tarkibida qand ko„p (12-15%) hamda 0,6-1,2% kislota bor. A, V, S vitaminlariga 
boy. Ananas tabiiyligicha va konserva holida iste‟mol qilinadi.
Xurmo qoqu-
Afrika, Hindiston va Janubiy Amerikada o„sadigan xurmo 
palmasining mevasi, cho„ziqroq ovalsimon shaklli, uzunligi 4-5 
sm. 
Tuzilishiga 
ko„ra danakli mevalar qatoriga kiradi. Ezilgan mevasida 60-62% qand 
(saxaroza, fruktoza, glyukoza), ozroq oqsil (2% gacha) va S vitamini bo„ladi. 
Xurmo qoqi savdoga ezib presslangan holda chiqariladi. U jigar rang-sariq 


90 
rangli, yaltiroq silliq po„stli; eti danakli xurmoga qaraganda shirin, sersuv, turib 
qolgan, ezilgan xurmo qoqining eti suvsizlanib, sirti burishib, shirasi ham 
kamayadi. Ezilgan, presslangan xurmo qoqi bir yilgacha saqlanishi mumkin.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə