O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Axborot turlari va ularni turkumlash



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   235
marketing 57

3.2. Axborot turlari va ularni turkumlash 
 
 
Marketing tadqiqotlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun birlamchi 
va ikkilamchi marketing axborotlarining optimal mosligi talab qilinadi. 
Marketolog tadqiqotchi X.Meffert axborot manbalarini tanlash matritsa-
sini taklif etdi. Bu matritsada ichki va tashqi axborotlarni tadqiqot 
obyektiga qarab qo‘llanish chastotasi berilgan va ular ikki turga 
bo‘linadi: 
-
birlamchi axborotlar; 
-
ikkilamchi axborotlar. 
Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi 
mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin: 
Ikkilamchi axborot – bu tadqiq etilayotgan muammo bilan bog‘liq 
bo‘lmagan, avval boshqa maqsadlarda to‘plangan ma’lumotlar.Uni 
kabinet tadqiqotlari, deb nomlangan ichki va tashqi manbalardan olinadi. 
Ikkilamchi axborotlar ichki manbalar, ya’ni mavjud axborotlar bo‘lib, 
ular firma faoliyatiga tegishli statistik ma’lumotlar, tovar aylanmasi, 
sotuv hajmi, import, eksport hajmi, reklamaga xarajatlar, ishlab 
chiqarish hajmi, moddiy-texnika bazasi quvvati, asosiy fondlar, budjet 
hisobotlari, tashkilotning savdo xodimlari yuborgan ma’lumotlar, 
iste’molchilar reklamatsiyalari sharxi, ishlab chiqarish rejalari va 
boshqalardan iborat bo‘ladi. Bu axborotlar ichki ikkilamchi axborot-
larga kiradi. 
Tashqi ikkilamchi axborotlar esa quyidagi tashqi manbalardan 
olinadi: 
xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, rasmiy statistika, maxsus 
adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqotlar, davriy 
matbuot, milliy va xalqaro rasmiy nashr manbalari (jurnallar, statistik 
to‘plamlar, byulletenlar, Davlat organlari nashrlari, vazirliklar yillik 
hisobotlari, hokimiyat va boshqa ma’muriy organlarning rasmiy ma’lu-
motlari, savdo-sanoat palatasi nashrlari va statistik ma’lumotlari, yillik 
statistik to‘plamlar, tarmoq firmalari va qo‘shma korxonalar axborotlari, 
maxsus kitoblar, jurnal va gazeta ma’lumotlari, ilmiy-tadqiqot 
inistitutlari, loyiha institutlari xalqaro simpoziumlar materiallari 
asosidagi nashrlar, narxlar ro‘yxati (price list), kataloglar va bukletlar, 
internet resurslarining mazmuni tahlilidan olingan va h.k. ma’lumotlar 
hisoblanadi. 


62 
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi 
mumkin bo‘lgan va sindikativ ma’lumotlar, deb ataluvchi keng omma 
foydalana olmaydigan va ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan 
turlarga bo‘lish mumkin. Bunday axborot pulga sotib olinadi. Masalan, 
axborot-maslahat tashkiloti har oyda ma’lum bir tarmoq mahsuloti 
uchun bozor holatini baholab beradi. Bu axborotlarning qanchalik 
muhim ekanligini to‘g‘ri tanlash, turli maqsadga yo‘naltirilgan 
axborotlar aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan 
maqsadga erishilsa tegishli axborotni olish lozim. Ikkilamchi axborot 
afzalliklariga materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan 
arzonligi, bir necha axborot manbalaridan birini tanlash imkoniyatini 
kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi axborotlar kamchiliklarini ham aytib 
o‘tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli darajada ishonchli va to‘liq 
bo‘lmasligi mumkin. 
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
- birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o‘tkazib yig‘ishga 
qaraganda kabinet tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko‘p marta kam. 
- ikkilamchi tadqiqotlar ko‘pincha firmaning ichki holatini tadqiq 
qilish uchun zarur bo‘lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj 
bo‘lmaydi; 
-birlamchi tadqiqotda yechilmagan masalalar va bevosita firma 
faoliyatiga tegishli xulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi. 
Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan 
guvohlik bersa, birlamchi axborotlarni yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul 
qilinadi. Tajriba ko‘pchilik marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumot-
larni izlash bilan olib borilishini ko‘rsatadi. 
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish 
uchun maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə