O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   235
marketing 57

 
3.3. Axborotlarni to‘plash uslublari 
Ma’lumotlarni yig‘ish odatda, o‘qitilgan, o‘rgatilgan dala tadqi-
qotlarini o‘tkazuvchi intervyuchilar tomonidan amalga oshiriladi. 1910–
yildan boshlab eng oddiy marketing axborot yig‘ish usullari 
qo‘llanilgan. Iste’molchilarni do‘konlarda, kassalar oldida so‘roqqa tutib 
tovar, uning narxi, sifati haqidagi oddiy savollar bilan ularning fikri 
aniqlanar edi. Hozirda savolnomalar juda keng miqyosdagi savollarni 
o‘z ichiga olib, ular natijalari kompyuter dasturlari yordamida ishlanib 


63 
qisqa vaqt ichida xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. So‘rovnomalar 
o‘tkazishda so‘rovga tutishning taktikasiga alohida e’tibor qaratiladi. 
So‘rovga tutiladigan xaridor yoki iste’molchilarni segmentlarga bo‘lib, 
ya’ni faoliyat turiga qarab guruhlarga bo‘lish, millatiga, jinsi, yoshi va 
boshqa ko‘rsatkichlariga qarab savollarni va anketa so‘rov jarayonini 
o‘tkazish yaxshi samara beradi. So‘rovnomalarni tarqatish va natijalarni 
yig‘ishda quyidagilarga rioya qilinsa yaxshi natija beradi: 
Tadbirni tayyorlash 
(axborot hajmini aniqlash, oldindan tadqiq 
qilish, so‘roq rejasini tuzish). 
So‘roq anketasini tayyorlash 
(test savollarni tuzish, testlarni 
tarqatib, kuzatuv o‘tkazish). 
So‘rovnoma o‘tkazish usulini tanlash 
(ommaviy yoki tanlanma 
guruhlar ichida so‘rovnoma o‘tkazish, qaysi iste’molchilar guruhida 
so‘rovnomani o‘tkazish). 
Kuzatuv va tekshiruv usullari
ni amalga oshirishning asosiy vosi-
tasi bo‘lib anketa (savolnoma) o‘tkazish va mexanik qurilmalar, masa-
lan, odamlar sonini hisoblagichlar, kino, videokameralar hisoblanadi. 
Savolnoma – biron-bir ma’lumot olish uchun yaratilgan so‘rov 
varaqasidir. Savolnoma odatda uch qismdan: kirish, rekvizit qismi va 
asosiy qismdan iborat bo‘ladi.
Kirish qismining asosiy vazifasi – so‘ralayotganlarni so‘rovda 
ishtirok etishga ko‘ndirishdir. Unda olib borilayotgan so‘rovning 
maqsadi va so‘ralayotgan shaxs so‘rovda ishtirok etib qanday foyda 
olishi ko‘rsatilishi lozim. 
Rekvizit qismida so‘ralayotgan shaxsga tegishli axborot: yoshi, 
jinsi, kasbi, oilaviy holati va h.k. keltiriladi. 
Asosiy qismidagi savollarning mazmuni tadqiqotchilar qo‘yilgan 
savollarga olingan javoblar natijasida aynan nimalarni bilishni istayot-
ganligiga bog‘liq. Quyidagi savol turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
-
Ochiq savol so‘ralayotganga o‘z so‘zlari bilan javob berish, 
o‘zini erkin tutish imkonini beradi.
-
Yashirin savol barcha mumkin bo‘lgan barcha javob variantlarini 
o‘z ichiga oladi, so‘ralayotgan ulardan birini tanlab oladi.
-
Axborot pochta yoki intervyu olish yo‘li bilan ham to‘planishi 
mumkin.
-
Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savolno-
malar tarqatib iste’molchilarning tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini 
bilish, kuzatuv ma’lumotlari, tajriba va laboratoriya kuzatuvlaridir. 


64 
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu 
usullar bilan birlamchi axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning 
uchun bunday axborotlarni yirik firma, korporatsiyalar, kompaniyalar 
o‘z faoliyatlarining strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar. 
Shuni ta’kidlash joizki, marketing tadqiqotlari juda ko‘p vaqt va sarf-
xarajat talab etuvchi jarayon bo‘lib, hozirda firmalar raqobatbardosh 
bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash, tashqi bozorlarni 
o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun tadqiqotlar 
o‘tkazishga qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi albatta, 
o‘z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi. 
-
Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb 
nomlangan kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi. 
Kuzatuv
– tanlab olingan insonlar guruhi xatti-harakatini turli 
vaziyatlarda ularning amallarini yozib borish orqali birlamchi 
axborotlarni yig‘ish hisoblanadi, masalan xaridorlarning do‘kondagi 
xatti-harakatlari.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə