O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Firma faoliyati haqida axborotlar



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   235
marketing 57

Firma faoliyati haqida axborotlar 
 
tovar va xizmatlar 
pul 
bozor va tashqi muhit haqida axborot 
 
 
 
3.2-rasm.
 Marketing aloqalari tizimi 
Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimidagi axborot oqimlari va 
omillarning o‘zaro ketma - ketligi va bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u:
- marketing muhitidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish imkonini 
beradi;
- marketing strategiyasi va korxonaning umumiy strategiyasini 
moslashtirish imkonini beradi;
- tijorat qarorlari qabul qilishdagi mavhumlik va risklarni kamay-
tiradi;
- marketolog (bozorshunos) sezgirligini mustahkamlaydi
- raqobatda imtiyozlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Bozorning 
har qanday subyektiga bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida 
aniq axborot zarur.
Firma 
Bozor 


60 
O‘tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida
4 mingga yaqin ma’lumotlar banki mavjud bo‘lgan. Bunda marketing 
axborotini qayta ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar shug‘ullangan. 
Tashkilotlarda bozor holati to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam 
yig‘ib borish marketing bo‘limining muhim vazifasi hisoblanadi. 
Marketing axboroti yig‘iladi, tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi 
doirasida taqsimlanadi. 
Marketing axborot tizimi (MAT)
– marketing qarorlarini tayyor-
lash, qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ishonchli axborotlarni tayinlan-
gan vaqtda tahlil qilish va taqsimlashga mo‘ljallangan xodimlar, uskuna 
va amallar jamlanmasidir. 
MAT marketing xizmati rahbarlari va mutaxassislari uchun zarur 
bo‘lgan ichki va tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar shaklini 
o‘zgartiradi. Ichki axborot mahsulotga buyurtmalar, sotuv hajmi, 
jo‘natilgan mahsulotlar, zaxiralar miqdori, jo‘natilgan mahsulot uchun 
amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Tashqi manba ma’lumotlari joriy tashqi axborot (marketing razvedkasi) 
va marketing tadqiqotlari olib borish jarayonida olinadi.
Axborotning to‘liqligi, haqqoniyligi, ishonchliligi, tizimliligi, o‘z 
vaqtida taqdim etilganligi va davriyligiga nafaqat yangi mahsulot 
taqdiri, balki ba’zan firmaning taqdiri ham bog‘liq bo‘ladi.
Tashkilotlar atrofidagi o‘zgarishlarning tezligi oshib borayotgan 
sharoitda raqobatda o‘z ishini Bill Geyts “elektron asab tizimi” deb 
nomlagan eng yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil qilganlar 
yutib chiqadilar. Quyidagi so‘zlar unga tegishli: “Elektron asab tizimi” 
elektron jarayonlar majmuasidir. Uning yordamida kompaniya dunyoni 
ko‘radi va mos ravishda undagi o‘zgarishlarga javob qaytaradi, xoh u 
raqobatchilar qo‘rg‘onidagi yangi hodisa bo‘lsin, xoh mijozlarda yuzaga 
kelgan yangi talab bo‘lsin. 
“Elektron asab tizimi” ni yaratish uchun qurilmalar va dasturiy 
ta’minot talab qilinadi. Oddiy kompyuter tarmog‘idan uni aniqlik
tezkorlik va taklif qilinayotgan axborotning qamrov kengligi ajratib 
turadi. “Elektron asab tizimi” biznesni fikr tezligida yuritish imkonini 
beradi, bu esa XXI asrda muvaffaqiyat garovi hisoblanadi”. Zamonaviy 
iqtisodiyotda marketing tadqiqotlarining roli katta. Ularga qilinayotgan 
xarajatlar o‘sib bormoqda va bu xarajalar o‘zini oqlamoqda. Rivojlangan 
mamlakatlarda sotilgan mahsulotning har ming dollariga 6 dollardan 
to‘g‘ri keladi. 


61 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə