O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   235
marketing 57

 
2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra
marketingning turlari 
 
Marketingning evolyutsion bosqichida qo‘llanish sohasi, hamda 
bozordagi talabning xarakteriga qarab marketing turlari va shakllari 
farqlanadi. Marketingning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Nodifferensial marketing.
2.
Differensial marketing. 
3.
Mujassamlashgan yoki konsentratsiyalashgan marketing. 
4.
Kommunikativ marketing. 
Nodifferensial marketing – 
1950 – yillarda rivojlanib, bozorni seg-
mentlarga bo‘lishni nazarda tutmagan. Maksimum ishlab chiqarish va 
sotish asosiy tamoyil bo‘lgan va keyinchalik esa tovar-xaridor -sotish - 
reklamaga e’tibor qaratildi. 
Differensial marketing –
1960 – yillarda shakllanib, unda bozorni 
segmentlarga bo‘lib o‘rganish, xaridorlar segmetini aniqlash, ularga mos 
tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratildi. 
Segmentlash g‘oyasining rivojlanishi 
konsentrlashgan, ya’ni 
mujassamlashgan
marketing turini vujudga keltirdi. Uning mohiyati 
bozorning barcha segmentlari uchun emas, balki kam o‘rganilgan yangi 
yo‘nalishlarini aniqlash va shu segment uchun tovar yoki xizmat turini 
yaratish. Masalan, uyali aloqaning paydo bo‘lishi, mobil telefonlarning 
yaratilishi yangi innovatsion bozor segmentini yaratdi. Bu davrda giper 
raqobat va keskin diversifikatsiya yuzaga keldi. Mobil telefonlar 
assortimenti ko‘payib, yangi uyali kompaniyalar uyali aloqa bozorini 
shakllantirdi. 
Kompleks marketing 
– Marketing – miks marketingning barcha 
elementlari — tovar, tovar bahosi, iste’molchi, sotuv reklamaning 
integrallashuvi asosida energetik samaraga erishishni taqozo qiladi. 


55 
Marketing faoliyati iste’molchilarning doimiy yangilanib boradigan 
talablarini qondiradigan raqobatbardosh takliflarni shakllantirish va 
firma daromadini ta’minlash maqsadida marketing funksiyalarini tashkil 
etuvchi va amalga oshiruvchi jarayon sifatida doimiy to‘ldirib 
boriladigan moliyaviy, moddiy, mehnat va axborot resurslarini talab 
qiladi. 
Talabning xarakteriga qarab marketingning quyidagi tiplari, ya’ni 
shakllari mavjud: 

Konversion marketing. 

Rag‘batlantiruvchi marketing. 

Rivojlanuvchi marketing. 

Sinxromarketing. 

Qo‘llab-quvvatlovchi marketing. 

Demarketing. 

Qarama - qarshilik ko‘rsatuvchi marketing. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə