O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   235
marketing 57

tajriba o‘tkazish 
ham o‘ziga xos qiziqarli va 
muhim hisoblanadi. Tajriba orqali ko‘p qiziqarli marketing ma’lumot-
larini, omillarning bir-biriga bog‘liqligini aniqlash mumkin. Masalan, 
reklama vositalarining xaridorlar strukturasiga ta’siri, narx – navoning 
bozor konyunkturasiga ta’siri kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. 
Ochiq tajriba shundan iboratki, o‘rganilayotgan obyekt tajribaning 
maqsadidan xabardor bo‘ladi va aksincha, tadqiqot maqsadi noaniq 
bo‘lganda o‘rganilayotgan obyekt nima maqsadda uni so‘roq qilayot-
ganlarini bilmaydi. Amaliyotda marketing maqsadlariga erishish uchun 
turli tajribalar o‘tkaziladi. Test savollar o‘tkazish joyiga, obyektiga, 
shaxsiga, muddatiga, hajmiga, test qilinayotganlarning soniga qarab 


68 
tizimlashtiriladi. Yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi va umum-
lashtiriladi. Tartibga solingan test savollari masalan, ish haqi miqdoriga 
qarab xaridorlarning sotib olish qobiliyatini, xarid qilish xulq-atvorini 
o‘rganish kabi savollar bilan axborotlar yig‘iladi. Marketing tadqiqotlari 
natijasida olingan axborotlar ishlanadi, umumlashtiriladi, interpretatsiya 
qilinadi. Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahlil uslublari 
ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublardan – trendlar tahlili, chiziqsiz 
regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskreminant tahlil, klaster tahlili, 
omilli tahlil, miqdoriy va sifat tahlillari kabilar qo‘llaniladi. 
 
3.4. Marketing axborotlarining asosiy elementlari 
Marketing bo‘yicha adabiyotlarda bozorni o‘rganish, marketing 
tadqiqotlari, sotuv jarayonini tadqiq etish kabi tushunchalar ko‘p 
uchraydi. Bular bir-biriga o‘xshash sinonim tushunchalarga bo‘lib, 
gohida ularni chalkashtirib yuborishadi. Bular ichida 
marketing 
tadqiqotlari
juda keng tushuncha bo‘lib, u firma marketing qarorini 
qabul qilishi uchun axborot yig‘ish, uni tizimga solish, tahlil etish 
umumlashtirish asosida marketing qarorlarini qabul qilish va biznes 
faoliyatini asoslashdan iborat. Bozorni o‘rganish esa tizimli va uslubiy 
jihatdan joriy holatda bozorni izlash, uni o‘rganish va unda qanday 
harakat qilish kerakligini hal qilishdir. Firmalar faoliyatida har qanday 
qaror qabul qilish jarayoni turli omillarga, tashqi va ichki ta’sir 
kuchlariga bog‘liq. Marketing faoliyati qarorlari ham juda ko‘p axborot 
manbalarini tahlil qilish asosida qabul qilinadi. Shuning uchun 
marketolog samarali marketing qarorlarini qabul qilishi uchun 
marketingga oid terminlarning tub mohiyatini bilishi va har birining 
maqsadidan kelib chiqqan holda tahlillarga asoslanishi kerak. 
Har bir marketing tadqiqoti u iste’molchini o‘rganishga yoki 
bozorni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lishidan qatiy nazar uning o‘ziga 
xos usullari, izlanish sxemasi, axborotlar bankiga ega bo‘lishi kerak. 
Masalan, iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, 
ish faoliyati, moliyaviy ta’minlanganligi va h.k. 
F. Kotler marketing tadqiqotlari o‘tkazish usullarining shaklla-
nishini, vaqt o‘tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiy-
matematik usullar bilan amalga oshirilish evolyutsiyasini ko‘rsatib 
o‘tgan (1974 y.). 
Tadqiqot maqsadi – muammo aniqlangandan so‘ng tegishli 
axborotlarni masalan, bozor ulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar 
potensiali va boshqalar haqida ma’lumotlar yig‘iladi. Har qanday 


69 
marketing tadqiqotiga ijodiy yondashish kerak. Ma’lumotlar ba’zasida 
har bir ko‘rsatkich bir-biriga bog‘liq bo‘lib, o‘zgaruvchi va o‘zgarmas 
kattaliklarni tahlil qilishda ularga ta’sir etuvchi tashqi omil kuchlarini 
to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot tarkibini to‘g‘ri 
belgilash, ketma-ketlikka rioya qilish zarur.
Marketing faoliyatinig asosiy elementi (marketing tadqiqoti 
bo‘lganligi uchun) optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini 
yaratish, axborotlar tizimi, internetdan foydalanish tadqiqot samarasini 
kafolatlovchi muhim omildir.
Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavhumligini, tijorat riskini 
kamaytirish va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing 
faoliyatining turli jabhalari bo‘yicha ma’lumotlarni muntazam yig‘ib 
borish, aks ettirish va tahlil qilishdir.
Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish 
uchun qanday axborot zarur” degan savolning javoblari tadqiqoti aniqlab 
beradi. 
Tadqiqot maqsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari 
quyidagi turlarga ajratiladi: o‘rganish (razvedka), tariflash, sabablarni 
aniqlash. 
O‘rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va 
taxminlarni yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo‘lgan birlamchi axborotni 
yig‘ish maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasiga 
sabab yomon reklama, deb taxmin qilingan, ammo o‘rganish tadqiqoti 
yetarli darajada bo‘lmagan sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash 
tizimining yomon ishlashi ekanligini, uni marketing tadqiqotlarining 
keyingi bosqichlarida yanada batafsilroq o‘rganish lozimligini ko‘rsatdi.
Tariflovchi tadqiqot – marketing muammolarini tariflashga 
yo‘naltirilgan, masalan, demografik holat, kompaniya mahsulotiga 
iste’molchilarning munosabati kabi. Bunday turdagi tadqiqotlarni olib 
borishda odatda kim, nima, qayerda, qachon va qanday, degan 
so‘zlardan boshlanuvchi savollarga javob izlanadi. Masalan, firma 
mahsuloti iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini 
qayerda xarid qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid 
qilishadi? Sotib olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi? 
Sabablarni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat 
aloqalariga tegishli taxminlarni tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur 
tadqiqot asosida biror-bir hodisani “agar X bo‘lsa, unda Y bo‘ladi” 
ko‘rinishdagi mantiqiy bog‘lanish asosida tushunishga intilish yotadi. 
Sabab-oqibat bog‘lanishi maxsus tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan 
aniqlanishi mumkin. Tajribalar o‘tkazishda mustaqil o‘zgaruvchilar 


70 
(narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o‘zgarishlarga 
bog‘liq o‘zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko‘rsatkichi va h.k.) 
qanday javob qaytarishi aniqlanadi.
Marketing tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 
oshiriladi:
– bozorni o‘rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanish 
yo‘nalishi);
– iste’molchilar xatti-harakatini o‘rganish;
– raqobatchilar faoliyatini o‘rganish;
– talablarni qondirish bo‘yicha firma ichki imkoniyatlarini 
o‘rganish;
– marketing majmuasi unsurlarini o‘rganish (tovar, baho, sotuv, 
reklama);
– marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o‘rganish. 
Ko‘rinib turibdiki, “bozorni o‘rganish” tushunchasi umuman 
marketing faoliyatining asosiy jabhalarini aniqlab bersa ham “marketing 
tadqiqotlari” tushunchasi “bozorni o‘rganish” tushunchasidan ancha 
kengroq. Ko‘pchilik yirik chet el firmalari (80 foiz atrofida) o‘z xususiy 
marketing tadqiqoti bo‘limlariga ega. Bunday bo‘limlar tarkibida 
sotsiologlar, psixologlar, statistiklar, dasturchilar va boshqa shu kabi 
xodimlar xizmat qiladilar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə