O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   235
marketing 57

Marketing-Menejment 
Strategik marketing-
menejment 
Taktik marketing-
menejment 
-Marketing muhiti tahlili 
-Marketing –miks instrumentini 
strategik rejalashtirish 
-Marketing tizimining rivojlanish 
strategiyasi 
-O‘zaro ta’sir va muvofiqlashtirish 
strategiyasi 
-Motivatsiya strategiyasi 
-Strategik nazorat 
-Bozorni o‘rganish 
-Marketing –miks operativ 
tadbirlarni rivojlantirish 
-Marketing faoliyatini tashkil qilish 
-Bozordagi harakat taktikasi 
-Motivatsiya taktikasi 
-Nazorat 
-Audit 
Firmani boshqarishning marketing siyosati 
Marketing sohasida strategik 
qarorlarni boshqarish 
Marketing sohasida taktik 
qarorlarni boshqarish 


52 
ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi 
kerak. 
2. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar 
kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi, 
xarid qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar.
Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning 
yoshi; mahsulotlarning soni va turli — tumanligi; xodimlarning mala-
kasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari. 
Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
- marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish, 
tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va 
boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida; 
- marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari 
bo‘yicha bajarish tarzida;
- marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha 
ijro etish shaklida. 
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan 
iborat. 
1-qarorning tayyorlanishi (marketolog). 
2-qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor).
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va 
murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil, 
qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar 
tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maq-
bul yechim varianti qabul qilinadi. 
Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud: 

ratsional qaror qabul qilish nazariyasi; 

qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi. 
Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishni 
talab etadi: 

nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)? 

resurslarning sarf -xarajati qancha? 

qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak? 

kim bajarishi kerak? 

qaysi muddatda bajarish kerak? 

kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ? 

qayerda bajarish kerak? 


53 

qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, 
texnik). 
Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni 
nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to‘g‘rilik, 
egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga 
modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlash-
tirish va rag‘batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr – 
mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining 
sifati va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish 
kerak: 

qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish; 

iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish; 

qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash; 

funksional miqdoriy tahlil, iqtisodiy asoslash va istiqbolni 
belgilash usullarini qo‘llash; 

sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini 
qo‘llash; 

qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash; 

qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash; 

qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish

yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish; 

qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag‘bat-
lantirishni yo‘lga qo‘yish. 
Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va 
eng maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlari-
ni solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim: 

Vaqt. 

Obyekt sifati. 

Ishlab chiqarish va sotish hajmi. 

Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi. 

Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli. 

Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga. 

Inflatsiya darajasiga. 

Tavakkalchilik va noaniqlik. 
Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda 
quyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish kerak: 

Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak. 


54 

Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech 
qabul qilingan yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim 
variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni 
korrektirovka qilinadi. 

Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini 
ta’minlashi zarur. 

Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini 
ta’minlash uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə