O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/235
tarix22.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#97644
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   235
marketing 57

 
4.2. Makromarketing va mikromarketing 
 
1986 – yilda F.Kotler megomarketing tushunchasini muomalaga 
kiritdi. Bu tushuncha maqsadli iste’molchilarga nafaqat tovar va 
xizmatlar taklif etish, balki bozor muhitining makro guruhlari bilan 
imkoniyat darajasida kelishilgan holda faoliyat olib borishni nazarda 
tutadi. 
Ayirboshlashning maqsadi, u yoki bu faoliyatning natijalariga ko‘ra 
tijorat va notijorat
marketingi farqlanadi. Tijorat marketingi – foyda 
olish maqsadida daromadi yuqori kompaniyalarda asosan, savdo va 
xizmatlar sohasida qo‘llaniladi. Ko‘p tarqalgan tovarlar va xizmatlar 
turlariga muvofiq shakllangan faoliyatdir
.
Ijtimoiy tashkilotlarda – maktab, kasalxona, bolalar bog‘chasi, 
qariyalar pansionati kabilarda 
notijorat marketing
tadbirlari o‘tkazilib, 


82 
tashkilotlardagi muammolar aniqlanadi va chora-tadbirlar ishlab 
chiqiladi.
8
Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy 
shakllari tavsiflangan. 
Hududiy
jihatlariga qarab: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro 
(eksport, global va jahon) marketingi; 
qo‘llanish sohasiga
qarab 
iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi xarakterlanadi. 
Bugungi kunda
 jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turi
ga 
qarab tashkilot marketingi, shaxs marketingi, joy marketingi, ijtimoiy 
marketing qo‘llaniladi.
Tarmoqli marketing
– sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchi-
larining o‘zlari ham uning tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi 
tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli marketing – bu 
tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi agentlarning tarmoqli 
tashkilotini yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir 
turidir. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə