O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Sh. ShOdmonov, E. G‘. Nabiev, U. V. G‘afurov iqtisodiyot nazariyaSI


Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk ob’ektlaridan iborat



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə53/383
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#82285
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   383
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla-fayllar.org

Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:

1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish;

2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.

O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.

Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo‘ladi.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə