O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt to`qimachilik va yеngil sanoat instituti informatika va axborot texnologiyalari kafеdrasi


Rastrli kompyuter grafikasida ranglar tizimiga katta e'tibor



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix29.03.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
adobe photoshop dastur haqida umumiy malumot.

Rastrli kompyuter grafikasida ranglar tizimiga katta e'tibor
qaratish kerak. Grafikada asosan RGB (Red, Green, Blue) va
CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, blacK) rang tizimlari qo'llaniladi.
RGB ang tizimi ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun (masalan
veb-sahifada), CMYK rang tizimi asosan chop etiladigan tasvirlar
uchun foydalaniladi.
Rastrli grafika bilan ishlash dasturlari bir nechta vazifalarni
bajarish imkonini beradi:
- Tasvirni import qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan kiritish,
boshqa formatdagi
rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif, psd, pdf, wmf va boshqalar);
- Tasvirni tahrirlash - o'zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo'yash,
chizish, o'chirish, yorqinlik
va aniqlik darajasini o'zgartirish;
- Rang tizimini o'zgartirish;
- Chop etish;
- Boshqa nom va kengaytma bilan saqlash;
- Har xil effektlarni qo'llash.
Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari
mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi
tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni
bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan
foydalanish uchun maxsus rastrli grafik dasturlaridan foydalanish kerak
bo'ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint, Macromedia Flash
Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun
dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi.
Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay
va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va
tizimlar bilan ishlashi.
Adobe Photoshop dasturining oxirgi versiyalari Adobe
Photoshop 7.0, Adobe Photoshop CS, Adobe Photoshop CS2 bo'lib,
ular deyarli barcha zamonaviy texnologiyalarni o'z tarkibiga olgan.
Adobe Photoshop дастури ҳақида маълумот
Adobe Photoshop Adobe System, Inc компанияси томонидан ишлаб
чиқарилган 
бўлиб, растрли 
графикада 
таҳрир 
қилувчи,
фойдаланишдаги алоҳида қулайликлари билан машҳур бўлган
дастурдир. Adobe Photoshop дастури ёрдамида фотосуратларга


қўшимчалар киритиш, улардаги доғларни ўчириш ва эски расмларни
қайта ишлаш ва тиклаш, расмларга матн киритиш, қўшимча махсус
эффектлар билан бойитиш, бир фотосуратдаги элементларни иккинчи
фотосуртага олиб ўтиш, суртдаги рангларни ўзгартириш, алмаштириш
мумкин. Adobe Photoshop имкониятлари кенг қамровли бўлиб, у газета
ва журналларни турли-туман расмлар билан бойитишда жуда катта
қулайликлар яратади.
Adobe Photoshop дастури ишга туширилгандан сўнг экранда дастур
ойнаси ҳосил бўлади. Ойнанинг юқори қисмида сарлавҳа сатри ва
Виндовсга хос элементлар жойлашади. Сарлавҳа сатридан сўнг меню
сатри жойлашган.

Document Outline

  • 2.Muzlagan oyna tasviri

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə