O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Budjet tizimi budjetlari ijrosini ta’minlashda hududiy moliya organlarining ahamiyati



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə2/6
tarix29.05.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#113973
1   2   3   4   5   6
Davlat byudjetining g’azna ijrosi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta

Budjet tizimi budjetlari ijrosini ta’minlashda hududiy moliya organlarining ahamiyati.

Byudjet tuzilishining qanday tuzilganligi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq
bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari
(shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o‘lkalar kabi) o‘rtasida hokimiyat
vakolatlarining taqsimlanishiga ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ
(federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativdavlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi.
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar
(tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat
tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan
huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.

Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog`onali byudjet tizmi amal qiladi

UnitardavlatlargaQozog`iston, Yaponiya, Shvetsiya, Fransiya, Polsha, O’zbekiston kabi davlatlar kiradi.





federal byudjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan : davlat byudjeti, markaziy byudjet, federal byudjet)

federatsiya sub’ekt(a’zo)larining byudjetlari;



mahalliy (munitsipial) byudjetlar.




Federativ tipdagi davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ


Respublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya kabi davlatlar kiradi.
Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir
qancha Byudjet tuzilishi modellari amal qiladi:

  • markazlashmagan model ;

  • markazlashgan model ;

  • aralash model.

Iqtisodiy adabiyotlarda «moliya tizimi» tushunchasi davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi davlat va mahalliy hokimiyat organlari majmui sifatida qo‘llaniladi. Bu ma’noda moliya tizimi moliya organlari, g‘aznachilik organlari, bank-kredit muassasalari, davlat maqsadli jamg‘armalarimablag‘larini boshqaruvchilari, soliq xizmati organlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ularga davlat pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli vakolatlar berildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida mahalliy hokimiyatlar vakolatini kengaytirish asosida boshqaruv organlari faoliyatini isloh qilish islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mahalliy hokimiyatlarning vakolatini kengaytirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri –ularning budjet jarayonidagi vakolatlarini oshirish bilan bevosita bog‘liq. Chunki, mahalliy budjet mablag‘lari xokimiyatlar faoliyatida ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun iqtisodiy negiz hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalarida mahalliy hokimiyatlar rolini oshirib borishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilgan.
Mahalliy budjet daromadlari mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy bazasi bo‘lib xizmat qiladi, xarajatlar esa mintaqaviy ehtiyojlarni ta’minlaydi. Mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari alohida mustaqil kategoriya hisoblanadi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mahalliy budjetlar orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab boriladi. Mahalliy budjetlar Davlat budjetining asosini tashkil etganligi uchun mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish mamlakat iqtisodiyotining rivojiga juda katta hissa qo‘shish bilan bir qatorda xalqimiz farovonligining oshishiga yordam beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar budjetlariga
umumdavlat soliqlaridan ajratmalarning normativlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan normativlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar budjetlari aylanma kassa mablag‘larining eng kam miqdorlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qabul qilinganidan keyin belgilangan muddatda tuman va shahar hokimlarining qarorlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlarning budjetlari qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va

tasdiqlaydi;

  • mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur»1.
Budjet xarajatlari sohasidagi huquqiy munosabatlarirning ishtirokchilari huquqlarining belgilanligi bilan ajralib turadi. Bu munosabatlarda davlat manfaatlarini ifodalovchi, uning nomidan ish yuritish vakolati berilgan budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilarga nisbatan nazorat o‘tkazish usulida ish olib boriladi. Davlat va mahalliy hokimiyat organlari belgilangan tartibda budjet hisobidan moliyalashtiriladigan xarajat turlari, me’yorlari, moliyalashtirish ob’ektlarinibelgilaydi,belgilangan talablar bajarilmaganda esa aybdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘radi.
Mahalliy xarajatlarni budjet mablag‘lari hisobiga qoplash sohasidagi huquqiy munosabatning birinchi qatnashchisi, davlat manfaatlarini ifoda etuvchi va davlat nomidan mablag‘larni beruvchi – moliya organidir. Budjet xarajatlarining ayrim turlarini belgilash, choraklar bo‘yicha taqsimlash, o‘zgartirishlarni amalga oshirish, budjet mablag‘laridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ustidan nazorat olib borish moliya idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Budjet orqali moliyaviy ta’minlash yuzasidan munosabatlar ishtirokchilaridan biri –. G’aznachilik organlari budjetning kassa ijrosida va moliyaviy intizomga rioya etish yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ishtirok etadi. "O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq G’aznachilik hududiy boshqarmalarining zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyat budjetlari va Toshkent shahar budjetining kassa ijrosini amalga oshirish;

  • tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishga qaratilgan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari mablag‘larini boshqarish;

  • budjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalarini majburiy ravishda ro‘yxatga olish va bunda shartnomalarning xarajatlar smetasida, qurilishlarning manzil va titul ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan summalar hamda maqsadlar doirasida bo‘lishini nazorat etish asosida budjet tashkilotlarining ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilmagan, asoslanmagan xarajatlarining oldini olish;

  • budjet tashkilotlarini, jumladan davlat ma’muriy idoralari moliyalashtirishga yo‘naltirilgan budjet mablag‘larining ishlatilishini optimallashtirish bo‘yicha monitoring olib borish;

  • budjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan bevosita tovarlar etkazib beruvchilar hisobraqamlariga to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov tartibiga qat’iy rioya qilishni ta’sirchan nazorat etishni ta’minlash;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish, ularning bajarilishi bo‘yicha axborot to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish.

Mahalliy budjet orqali moliyalashtirishning uchinchi ishtirokchisi budjet mablag‘larini taqsimlovchi budjet tashkiloti hisoblanadi. Budjet tashkilotining rahbari tashkilot uchun ajratilgan budjet mablag‘larini taqsimlaydi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar2:

  • budjet buyurtmasini budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga belgilangan tartibga muvofiq kiritadi;

  • xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi hamda ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi;

  • xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni mo‘ljallangan maqsadga muvofiq tasarruf etadi;

  • budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi;

  • xarajatlar smetalariga o‘zgartirishlar kiritadi;

  • tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga taqdim etadi.

  • shtat jadvallarini tasdiqlaydi va ularni budjet mablag‘larini taqsimlovchiga, budjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lmaganda esa, tegishli hududiy moliya organiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi;

  • muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tegishli hujjatlarni sudlarga, g‘aznachilik bo‘linmalariga o‘z vaqtida taqdim etadi, shuningdek shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;

  • budjet hisobini yuritadi va moliyaviy hisobotlarni tuzadi;

  • budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantiradi va ulardan foydalanadi.

  • budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq budjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



Yüklə 41,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə