O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Hududiy moliya faoliyatining dasturiy ta’minoti



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə5/6
tarix29.05.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#113973
1   2   3   4   5   6
Davlat byudjetining g’azna ijrosi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta

Hududiy moliya faoliyatining dasturiy ta’minoti.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27- iyundagi №PQ-1989 sonli “O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha,O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida 2013-2020 yillarga mo’ljallangan “Byudjet” axborot tizimi majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish bo’yicha tegishli muddatlar belgilangan. Yuqorida qayd etilgan qarorni amalga oshirish doirasida, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi №PQ-594 sonli “Davlat byudjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori va 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721 sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlariga asosan, Moliya vazirligida zamonaviy telekommunikatsiya va server uskunalari negizida axborot-kommunikatsiya infrastrukturasi tuzildi. Asosiy va zaxira ma'lumotlar markazlari (ma'lumotlar markazlari) o’rnatildi va ishga tushirildi. Byudjet tashkilotlari va Moliya Vazirligi faoliyatini ta’minlovchi o’zaro integrasiyalashgan qator axborot tizimlari faoliyati yo’lga qo’yilgan: «Byudjet» ATM, shu jumladan byudjet tashkilotlari hisobchilari faoliyatini qamrab oluvchi «UzASBO» dasturiy majmuasi, davlat byudjetining g’azna ijrosini ta’minlash bo’yicha «G’aznachilik» dasturiy majmuasi va boshqalar shular jumlasidan. Hozirgi vaqtda «Byudjet» ATMda Moliya Vazirligining barcha bo’linmalari (qariyb 4500 foydalanuvchi), shuningdek 186000 dan ko’p shaxsiy hisob raqamlariga ega 25000 dan ziyod byudjet tashkilotlari ro’yhatdan o’tgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41 sonli “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server jihozlarini o’rnatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish bo’yicha DMBAT dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma tuzilgan. Ushbu dasturiy ta’minotning tuzilishi va ommaviy tarzda ishga qo’yilishi
2017 yildan rejalashtirilgan. Kelgusida «DMBAT» DTI «Byudjet» ATMning yangi yadrosi bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda. «DMBAT» DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-byudjet operasiyalarini qo’llabquvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va ma’suliyatini kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi – “UzASBO” dasturiy majmuasining o‘quvsimulyatsiya dasturi” yaratildi.
2015 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma topshirildi.
Mazkur “UzASBO” – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchun nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturini yaratishdan iborat edi.
Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi – ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining modullarida, ya’ni byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir.
O‘z o‘rnida, dastur doirasida o‘quv-simulyatsiya dasturining o‘quv qo‘llanmasi ham ishlab chiqilib, hozirgi kunda amalga oshirilgan va barcha byudjet tashkilotlarida foydalanib kelinmoqda.7


Xulosa
Amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligituman(shahar)moliya bo’limlari muhim tashkiliy tuzilma ekanligi, mahalliy byudjetning kassa ijrosinazoratini amalga oshirishini bilib oldim. Bo’lim faoliyatida qo’llaniluvchi eng muhim qonuniy hujjatlar haqida tegishli ma’lumotlarni oldim.
Mahalliy byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va mahalliy byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish;tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlash;byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta'minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi davlat haridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish; davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash;mahalliy byudjet g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish; tuman(shahar)larga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning to‘liq hamda tizimli hisobini yuritish kabi vazifalar tuman (shahar) moliya bo`limlariga yuklatilganligi haqida bilib oldim.
Tanishuv amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Budjet tizimi budjetlari ijrosini ta’minlashda hududiy moliya organlarining ahamiyati bilan tanishdim:

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tuman (shahar)dagi Moliya bo`limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining moliya tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari va “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to’g’risida”gi nizom bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi hududiy moliya bo’limida xodimlarining kasb etikasini o’rgandim.



Yüklə 41,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə