O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Moliya vazirligi va uning hududiy bo’limlarining funktsional vazifalari



Yüklə 41,75 Kb.
səhifə4/6
tarix29.05.2023
ölçüsü41,75 Kb.
#113973
1   2   3   4   5   6
Davlat byudjetining g’azna ijrosi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta

3. Moliya vazirligi va uning hududiy bo’limlarining funktsional vazifalari.
Moliya vazirligi va uning hududiy bo`limlarining funksiyalari va vazifalari :
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo’linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo’nalishlari quyidagicha belgilanadi:

  1. iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini oshirishga yo’naltirilgan yagona davlat soliq-byudjet siyosatini amalga oshirish;

  2. iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xom ashyo, er-suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy to’lovlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo’li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq yig’ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;

  3. byudjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni subventsiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o’zini o’zi qoplay olishini ta’minlash, hududlar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat byudjetiga qo’shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to’liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;

  4. moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo’nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;

  5. iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligini moliyaviy qo’llab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar belgilash tartibini takomillashtirish hamda to’lov intizomini mustahkamlash;

  6. byudjet tizimidagi byudjet mablag’laridan maqsadli hamda oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish, nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo’jalik sub’ektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;

  7. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko’paytirish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

  8. fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalar, xususan pensiyalar hamda boshqa tegishli to’lovlarni tayinlash va o’z vaqtida to’lash bo’yicha o’rnatilgan qoidalarning qo’llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;

  9. sug’urta tashkilotlarining sug’urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;

  10. davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati hamda tarkibiy bo’linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo’l qo’ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o’z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish.6




  1. Yüklə 41,75 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə