O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimova vasila Mamanosirovna, hayitov oybek Eshboyevich, akramova feruza Akmalovna, lutfullayeva nigora Xalimbayevna



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/267
tarix20.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#129127
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   267
В. Каримова 2007 (1)

“sinergetlar”
so’zi 
grekcha “
synergetes
– xodimlar, sheriklar” so’zlaridan olingan bo’lib, 
sinergiya
– 
synergia
hamkorlikdagi, hamjihatlikdagi harakat ma’nosini anglatadi. Ya’ni, inson va uning 
psixologiyasini o’rganish va unga ta’sir ko’rsatishda gumanitar fanlarning hamkorlikdagi 
rivojlanishi yoki boshqacha qilib aytganda, ushbu fanlar maqsadlarining mushtarak 
uyg’unlashuvi shaxs iqtidori va qobiliyatlarini rivojlantirishning ishonchli vositasi sifatida 
qaraladi.
Bundan tashqari, yangi davr fanlarini rivojlantirishga 
akmeologik
yondoshuv ham 
mavjudki, unga ko’ra, har bir fanning inson uchun ahamiyati va o’rni o’sha fanlarning shaxs 
kamolotiga qo’shajak hissaning salmog’ini belgilash va baholashni taqozo etadi. 
(
Akmeologiya
grekcha “
akme
– cho’qqi, yuqori pog’ona, gurkiratuvchi kuch” ma’nolarini 
bildiradi va uning predmeti deganda insonning o’z-o’zini rivojlantirish va o’zligini anglashini 
yuqori darajalariga yetishga o’rgatuvchi fanlar majmui tushuniladi). 
Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday 
yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan 
tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv 
va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. 
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu 
bilimlar zahirasi bilan yaqinlari va hamkasblari psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk 
Suqrot o’z davrida 
“O’z-o’zingni bil!”
degan shiorni o’rtaga tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar 
yoniga 
“O’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini ham bil”
, degan shiorni har 


11 
qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Ayni shu muammoni yechishda hozirgi zamon 
psixologiya ilmi va amaliyotining roli benihoya kattadir. 
An’anaga aylanib qolgan hodisalardan biri shuki, psixologiya va u o’rganadigan 
hodisalarni faqatgina ushbu fan bilan bevosita shug’ullanadigan kimsalar o’rganib kelishgan, 
zero, psixologik hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u inson hayotining 
asosini tashkil etishi kerak. Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining 
psixik hodisalar qonuniyatlarini bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish 
zaruratini talab qilmoqda. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə