O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimova vasila Mamanosirovna, hayitov oybek Eshboyevich, akramova feruza Akmalovna, lutfullayeva nigora Xalimbayevna



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/267
tarix20.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#129127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267
В. Каримова 2007 (1)

XVI Bob Shaxs va konfliktlar 
265 
16.1. Konfliktlarning turlari va sabablari 
266 
15.2. Ijtimoiy-psixologik konfliktlar 
268 
16.3. Pedagogik konflikt 
270 
16.4. Shaxsning ichki (o’zi bilan o’zi) ruhiy konflikti 
272 
16.5. Oiladagi konfliktlar 
278 
VI qism 
SHAXS VA MEHNAT 
282 
XVII Bob Mehnat faoliyati psixologiyasi 
283 
17.1. Psixologiya va mehnat 
284 



17.2. Mehnat faoliyatini o’rganish metodlari 
287 
17.3. Mehnat faoliyatining klassifikasiyasi 
289 
17.4. Professional shaxsning shakllanishi 
290 
 
GLOSSARIY 
295 
 
BIBLIOGRAFIYA 
302 



KIRISH SO’ZI O’RNIDA 
Shiddat bilan hayotimizga XXI asr kirib keldi. Uning global o’zgarishlar davri bo’lishiga 
hyech kimda shubha qolmadi, desak bo’ladi. Chunki bu davrda eng avvalo inson ongi va 
ruhiyatida evrilishlar yuz bermoqda. Bu xolat Inson va uning ichki dunyosini, zamondoshlarning 
bir-birlari ongi va shuurida ro’y berayotgan o’zgarishlarga monand xatti-harakat qilishlari 
lozimligini talab qiladi. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada 
o’ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda.
Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz, o’z manfatlarimizni o’zgalar manfaatisiz 
tasavvur qila olmaganimiz uchun ham psixologiyani bilishga majburmiz. Zero, mustaqil 
davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini 
yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo’lg’usi mutaxassis, u pedagog-o’qituvchi 
bo’ladimi yoki quruvchi-muxandis yoki agronom bo’ladimi, shifokor bo’lib, el dardiga darmon 
bo’ladimi, ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalib, turmush 
normalariga bo’ysunishi, jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallab, fuqarolik burchini ado 
etishga tayyor bo’lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar xukmiga havola 
etilayotgan ushbu darslik jamiyatdagi Shaxs psixologiyasini o’rganish va uning tamoyillariga 
bo’ysunishni taqozo etadi.
Darslikning ahamiyati yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y 
berayotgan o’zgarishlar, ularning hayotga, uning qadriyatlariga, kasb-kori, oilasi, o’z salomatligi 
va yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari 
namoyon bo’layotganligi bilan uyg’un tarzda bayon etilganligidir. Zero, mustaqillik 
psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan hamyurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod 
kundalik muomalasi va turmush tarzida o’sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi 
solih amallarga intilaveradi va sog’lom g’oyalarsiz yashay olmaydi. Bu haqda davlatimiz 
rahbarining fikrlari biz uchun o’gitdir: “O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq 
tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat hyech bir davrda milliy g’oya va 
milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi”.
1
Yuqorigilardan kelib chiqqan xolda biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha 
o’zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini bo’lg’usi mutaxassislar tomonidan 
o’zlashtirilishiga ko’mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir marotaba 
ta’kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o’zining sifat bosqichi doirasida muvaffaqiyatli 
amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi barcha ishlarimizning amaldagi 
g’oyaviy yo’nalishini belgilaydi va yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, 
“yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil 
fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash” 
2
ishining samaradorligiga ulush bo’lib 
qo’shiladi. 
Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining tavsiyasiga 
ko’ra yozilgan bo’lib, oliy o’quv yurtlarining “Pedagogika” va “Psixologiya” yo’nalishlariga 
ixtisoslashmagan mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangandir. 
Unda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni g’oyalaridan kelib chiqqan 
1

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə