O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimova vasila Mamanosirovna, hayitov oybek Eshboyevich, akramova feruza Akmalovna, lutfullayeva nigora Xalimbayevna



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/267
tarix20.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#129127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   267
В. Каримова 2007 (1)

I
 qism
 
Psixologiya fan sifatida 



I
 Bob 
PSIXOLOGIYA FANI PREDMETI 
Bobning qisqacha mazmuni 
Yangi davr va psixologiya.
Psixologiya sohasida XX asrda erishilgan yutuqlar. Fanda yuzaga kelgan yangi 
yo’nalishlar va yangicha yondoshuvlar. Sinergetik yondoshuv. Akmeologik yondoshuv. 
Psixologiya fanining dolzarbligi.
Globalizasiya sharoitida psixologiya o’rganadigan muammolarning 
dolzarbligi. Insonni o’rganishning ahamiyati. 
Psixologiya fanining predmeti. 
Psixologiya fanining predmeti va uning fanda asoslanishi. Psixikaning 
zamonaviy va klassik ta’riflari. Psixik jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari va ular o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlik. 
Psixologiyaning tarmoqlari.
Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. AQSH va RFdagi mavjud ba’zi 
psixologik tarmoqlar klassifikasiyasi. Bizning sharoitimizda rivoj topayotgan va amaliy tus kasb 
etayotgan psixologiya tarmoqlarining qisqacha tavsiflari. 
Psixologiya fanining metodlari. 
Psixologiya fanining asosiy metodlari. Kuzatish metodi va uning qisqacha 
tasnifi. So’rov metodi va uning klassifikasiyasi. Psixologik testlar va ularning turlari. Psixologik 
eksperiment va uni tashkil etish. Modellashtirishlarning psixologiyalashtirilishi. 


10 
1.1. Yangi davr va psixologiya 
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga sal kam 160 yil 
bo’ldi. Shu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan monografiyalar, 
darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fan o’zining jamiyat oldidagi vazifalarini to’laqonli 
bajara oldi, degan xulosa chiqarib bo’lmadi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko’rsatgan 
barcha olimlar ko’proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. 
Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi o’tib 
borayotgan asrimizning oxiriga kelib, o’ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. 
XX asrda erishilgan yutuqlaridan eng muhimi shu bo’ldiki, inson o’z aqli-idroki, tafakkuri 
va ijodiy salohiyati bilan murakkab texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash global 
texnologiyalarni kashf etdi. Lekin shu bilan birga ana shunday murakkab texnologiyalarni 
yaratgan inson va uning hayoti bilan bog’liq muammolar kamaymadi. Vaqti kelganda, shunday 
faktga to’g’ri kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’z 
atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz
sezishi mumkinligini hayot isbotladi. 
XXI asr bo’sag’asida juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib 
o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu 
islohotlarning barchasi 
inson omilini
har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning 
kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va 
sivilizasiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z 
mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga 
aylandi. Fanda yangi yo’nalishlar, yangicha yondoshuvlar paydo bo’ldi. Masalan, 
sinergetik
yondoshuv barcha fanlarda bo’lgani kabi psixologiya, uning tarmoqlari hamda u bilan turdosh 
bo’lgan fanlar misolida yaqqol namoyon bo’la boshladi. Eslatib o’tamiz, 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə