O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


-chizma. Moliyaviy investitsiyalarning tasnifi



Yüklə 438,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix26.10.2023
ölçüsü438,53 Kb.
#131905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

2-chizma. Moliyaviy investitsiyalarning tasnifi
1
 
Aksiya (gollandcha 
actie
so’zidan olingan bo’lib, qimmatli qog’oz degan 
ma’noni anglatadi) - bu aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa 
1
Muallif ishlanmasi. 
M O L
I
YA
V I Y

N V E S T I TS I 
YA
L
A R
Muddatiga ko’ra 
1. Uzoq muddatli. 
2. Qisqa muddatli 
Kiritish yo’nalishiga
ko’ra 
1. Aktsiyadorlik jamiyatlariga. 
2. Sho’’ba korxonalariga. 
3. Qaram xo’jalik jamiyatlariga. 
4. Chet el kapitaliga ega 
korxonalarga. 
5. Boshqa korxonalarga 
Ko’rinishiga ko’ra 
1. Qimmatli qog’ozlarga. 
2. Ta’sis badali sifatida. 
3. Qarz sifatida. 
4. Kredit sifatida 
Kiritilgan aktivlarning turiga 
ko’ra 
Kiritish usuliga ko’ra 
1. Uzoq muddatli aktivlar bilan. 
2. Qisqa muddatli aktivlar bilan. 
1. Qiymat usulida. 
2. Hissali qatnashish usulida. 


12 
qo’shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va, 
odatda, ushbu jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi qimmatli 
qog’ozdir.
Aksiya amal qilish muddati cheklanmagan qimmatli qog’oz bo’lib, u uni 
chiqargan aksiyadorlik jamiyati amal qilib turgan vaqt mobaynida muomalada 
bo’lishi mumkin.
Aksiyalar bo’yicha olingan daromad dividend
 
(lotincha 
dividendus
so’zidan olingan bo’lib, bo’lishga tegishli degan ma’noni anglatadi) deb 
nomlanadi. Dividend, odatda, aksiyadorlik jamiyatining foydasiga bog’liq 
bo’ladi. Agar kompaniya hisobot yili natijalariga ko’ra foydaga ega bo’lsa, katta 
dividend to’lash imkoniyati bo’ladi va aksincha.
Aksiyalar ikki turga bo’linadi: 

oddiy aksiyalar; 

imtiyozli aksiyalar. 
Oddiy aksiya aksiyadorlar yig’ilishida ovoz berish huquqini beradi, 
olinadigan dividend miqdori aksiyadorlik jamiyatining olgan sof foydasiga 
bog’liq va boshqa hech narsa bilan kafolatlanmagan. 
Imtiyozli aksiyalar aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini 
va bu bilan korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Ularning 
imtiyozliligi shundaki, xo’jalik faoliyati natijalaridan qat’iy nazar kafolatlangan 
daromadni olish imkoniyatini, ikkinchi tomondan, aksiyadorlik jamiyati 
tugatilgan vaqtda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqiga ega. 
Obligatsiya (lotincha obligatio so’zidan olingan bo’lib, majburiyat 
ma’nosini anglatadi) - bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi, 
unga ushbu qimmatli qog’ozning nominal qiymatini unda ko’rsatilgan muddatda 
belgilangan (qat’iy) foiz to’langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi 
qimmatli qog’ozdir.
Obligatsiya 

bu 
bir 
shaxsning 
(investorning) 
boshqa 
bir 
shaxsga(emitentga) mablag’larni vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi 


13 
haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalardan olinadigan daromad foiz ko’rinishida 
bo’ladi. 
Xazina majburiyatlari
 
- bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul 
mablag’larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga 
egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini 
beruvchi davlat qimmatli qog’ozlaridir. Ular jismoniy shaxslar uchun 
chiqariladigan qimmatli qog’ozlardir. 
Depozit sertifikatlari (inglizcha 
certificate of deposit
)- bu pul mablag’larini 
omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat 
tugagandan so’ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini 
beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir. 1994 yildan boshlab depozit 
sertifikatlari yuridik shaxslar uchun 1 yilgacha muddatga, jismoniy shaxlar 
uchun 3 yilgacha bo’lgan muddatga chiqarila boshlandi. 
Veksel (nemischa 
Wechsel
so’zidan) - bu veksel beruvchining yoki 
vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda ko’zda tutilgan muddat 
kelganda veksel egasiga ma’lum miqdordagi summani to’lash haqidagi so’zsiz 
majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Amaldagi qonunchilikka ko’ra, 
veksellar korxona va tashkilotlar tomonidan aniq savdo bitimi asosida yozilishi 
mumkin. 
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar - bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir 
tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda 
kelishilgan narxda sotib olish yoxud sotish huquqi yoki majburiyatini oladi. 
Ularning quyidagi turlari mavjud: 

optsion; 

varrant; 

fyuchers. 
Optsion (lotincha 
optio
so’zidan olingan bo’lib, tanlov degan ma’noni 
anglatadi) - bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli 
qog’ozlar ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda 
sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent 


14 
esa, mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o’z 
zimmasiga oladi. 
Varrant (nemischa 
warrant
so’zidan) - bu uning egasi ma’lum muddat 
davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki 
chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish huquqini olganligi tasdiqlovchi 
hujjat. 
Fyuchers (inglizcha 
future
so’zidan olingan bo’lib, kelajak ma’nosini 
anglatadi) kelishilgan miqdordagi qimmatliklarni ma’lum vaqt mobaynida bitim 
tuzish vaqtida belgilangan narxda etkazib berish to’g’risidagi shartnomalarni 
o’zida namoyon qiladi. 
Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni 
yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli 
qog’ozlarini xarid qilish hisoblanmoqda. 
Korxonaning sho’’ba korxonalar, qo’shma korxonalar va qaram 
birlashmalarga investitsiyalari mavjudligi ularning buxgalteriya hisobida alohida 
turkumlarga ajratilishini taqozo etadi. 
Investor investitsiya ob’ektlari va natijalariga, jumladan, reinvestitsiyalar 
va savdo ishlariga egalik qilish va ularni o’z ixtiyoridan kiritishi huquqiga 
egadirlir. Investitsion faoliyat ob’ektlarining o’zaro munosabatlari, shartnomalar 
bilan tartibga solinadi.
Bugungi kunda ichki investitsiyalardan foydalanish samaradorligini 
oshirish bo’yicha: 
- tijorat tuzilmalarini kafolatga bo’lgan talabini ta’minlash maqsadida 
kafolat-garov jamg’armalari tizimini shakllantirish; 
- aholi bo’sh pul mablag’larini investitsion jarayonlarga jalb qilish 
maqsadida qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish, turli qimmatli 
qog’ozlarni muomalaga chiqarish (uy-joy sertifikatlari va uy-joy 
obligatsiyalari); 
- ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish 
maqsadida markazlashgan kredit resurslarning bir qismini tez qoplaydigan 


15 
investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu jumladan kichik biznes 
ob’ektlariga yo’naltirish; 
- investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo’lgan 
lizing, franchayzing, faktoring kabilardan foydalanishni kengaytirish; 
- investitsion loyihalarni sifatini oshirish, loyihalarni kapital qo’yilmalar 
samaradorligi talablariga mos kelishi maqsadida tijorat asosida doimiy ravishda 
faoliyat yuritadigan investitsion loyihalar ko’rgazmasini tashkil qilish ishlari 
amalga oshirilib kelinmoqda. 

Yüklə 438,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə