O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə15/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Taklif xajmining o‘zgarishi – ko‘rib o‘tilayotgan tovarning narxini
o‘zgarishi va bozor kon’yunkturasining boshqa omilarining o‘zgarmagan holatida 
taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi tushuniladi.

Taklifning o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning narxini o‘zgarmas
holatida yuqoridagiga qarama-qarshi, ya’ni, boshqa narxga bog‘liq bo‘lmagan 
omillarning o‘zgarishi tushuniladi.
Taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritish 
mumkin:
1.

Ishlab chiqarish xarajatlari


2.

Soliqqa tortish darajasi


3.

Ishlab chiqrishning texnologik darajasi


4.

Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kutishlari (istiqbollari)


5.

Ishlab chiqaruvchilar soni


6.

Raqobatchi tovarlarga bo‘lgan narxlar



4. Talab va taklif muvozanati 

Bozor muvozanati – iqtisodiy sub’ektlarni qoniqtiradigan va unga xech
qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati.
Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida
muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi 
mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvozanat shakllangunga qadar
narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Muvozanat nuqtasida tovarning defisiti ham 
ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida
talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni 
ta’minlash tendensiyasi mavjud.
Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki 
omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda
bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror 
bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning
aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi.
Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt
omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib 
chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar.
Talab va taklif omillarini kompleks tadqiq qilish aniq bir tovar yokii 
xizmatlar bozorining sifatli tahlilini va bozor kon’yunkturasini qisqa va uzoq
muddatli kelajakda bashoratlash imkonini beradi.



Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə