Inflyatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish)
–
ma’lum
davr mobaynida mamlakatda baholar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror
o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi.
Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli
sifatida
makroiqtisodiy
muvozanatning
buzilishini,
talab
va
taklif
nomutanosibligini anglatadi.
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi
to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi.
Boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb
hisoblashishadi.
Neoklassik
yondoshuv
tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab
chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida
deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa
taklif tomonidan yondoshishadi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Baholarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari
inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kururslarining o’zgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi
tomon o’zgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Baholar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya
darajasi (baholarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda
inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |